AQŞ prezidenti Donald Tramp payşanba kuni Qöşma Ştatlardan Meksikaga neft quvuri qurilişi va Janubiy Koreyaga qöşimça gaz yetkazib berilişi haqida ma'lum qildi.
"Mening ma'muriyatim hozirgina Meksikaga yangi neft quvuri qurilişini ma'qulladi, u AQŞdan energiya manbalarini yanada köproq eksport qiliş imkonini beradi", - dedi prezident AQŞ energetika vazirligida Amerika energetika sohasini rivojlantiriş böyiça qator taşabbuslar haqida ma'lum qilarkan.
Şuningdek, Tramp Amerika kompaniyalaridan biri va Janubiy Koreya örtasida “uşbu davlatga qöşimça gaz yetkazib beriş böyiça” muzokaralar boşlanganini e'lon qildi. U bu masalani Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In bilan juma kuniga rejalaştirilgan muzokaralarda muhokama qiladi.
Bundan taşqari, Tramp atom energetikasi va kömir sanoatini rivojlantiriş böyiça boşqa taşabbuslar bilan ham çiqdi.
Davlat departamentining aniqlik kiritişiça, New Burgos Pipeline kompaniyasi loyiha operatori böladi. Quvurning loyiha quvvati sutkasiga 108 ming barrel neft mahsulotlaridan iborat.
Şuningdek, Tramp payşanba kuni Amerika şelfida neft va gaz konlarini özlaştiriş böyiça yangi dastur haqida ma'lum qildi.
"Biz neft va gazni şelfda özlaştiriş böyiça yangi dasturni taşkil etmoqdamiz", - dedi u .
Uning sözlariga köra, “bu AQŞ qirğoqlari yaqinida joylaşgan energetik boyliklarga keng eşiklarni oçadi”.
Trampning ta'kidlaşiça, uşbu çora “AQŞ şelf hududlarining 94 foizida joylaşgan qöşimça energomanbalarni oçiş imkonini beradi”. Uning qayd etişiça, “avvalgi ma'muriyat paytida ularning köpçiligi özlaştiriş uçun yopib qöyilgandi”.












