«Özbekipaksanoat» uyuşmasi boşqaruvi raisi Bahrom Şaripovning ma'lumot berişiça, Özbekistonda bir yilda ikki marta sifatli pilla hosili yetiştiriladi.

«Şavkat Mirziyoyevning «Özbekipaksanoat» uyuşmasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori aholining ipakli kiyim-keçaklarga bölgan ehtiyojini qondiriş, bunday mahsulotlar bilan içki va taşqi bozorni ta'minlaşda yangi imkoniyatlar yaratişda muhim omil bölmoqda», deya uning sözlarini keltirgan ÖzA sayti. 

2023 yilgaça tizimdagi korxona va taşkilotlarga soliq imtiyozlari va boşqa qator preferensiyalar berildi. Uyuşma tarkibidagi taşkilotlar, ipak qurti uruğini işlab çiqariş, pillani tayyorlaş va qayta işlaş taşkilotlari olib keladigan pilla yigiriş va ipak gazlama töqiş dastgohlarining ehtiyot qismlari, tut daraxti köçatlari, ipak qurtining superelita, elita va sanoat uruğlari bojxona tölovlaridan, uy şaroitida tirik pilla yetiştiriş bilan şuğullanuvçi kasanaçilar daromad soliği tölaşdan ozod qilindi. Pillaçilik tarmoğiga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boşqa yiğimlar undirilmasdan kiriş vizalari rasmiylaştiriladi, davlat boji undirilmasdan köp martalik vizalar beriş, muddatini uzaytiriş, vaqtinça yaşaş joyida vaqtinça röyxatdan ötkaziş va muddatini uzaytiriş amalga oşiriladi. 

Ta'kidlaş joizki, hozirgaça tizimdagi korxonalar pilla yetiştiriş va ipak işlab çiqariş bilan çeklanib qolgan edi. Ipak asosan xomaşyo sifatida sotilgan. Biz Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida zanjirsimon tizimni amaliyotga tatbiq etdik. Bunda ipak qurti uruği tayyorlaşdan mato va liboslar işlab çiqarişgaça barça jarayon uzviy ravişda tizimli bajariladi. 

Tizimda klastr qilmoqçimiz. Bu söz ingliz tilidan olingan bölib, uçta-törtta yönalişni bitta joyga jamlaş degan ma'noni anglatadi. Avvallari ipak qurtini qayta işlaş korxonasi şartnoma asosida tuman pilla korxonasiga, u fermerga, fermer şartnoma bilan xonadonga berişi jarayonida turliça narx va sarsongarçilik kelib çiqardi. Yangi tizimda bunday holatlarga çek qöyiladi. Uruğçilik zavodi mahsulotni pilla korxonasiga berganda uning vakili jonlantiriş jarayonida iştirok etib, ipak qurtini xonadonlarga yoki ipak qurti boqiş maxsus sexlariga tarqatişda kömaklaşadi. Pilla öray boşlagandan keyin qurt zavodi vakili zavodga qaytib ketadi. Ana şu tarzda hammamiz bir-birimiz bilan boğlanib, işlaşimiz kerak. «Özbekipaksanoat» uyuşmasi barçasiga boş-qoş böladi va xonadonlar bilan töğridan-töğri şartnoma tuzadi. 

Agar ipak qurtlari yaxşi boqilsa, undan yuqori navli pilla oliş imkoniyati kengayadi. Şu bois tarqatilgan ipak qurti yuqori malakali mutaxassislar nazoratida boqilib, keyin xonadonlarga beriladi. Mutaxassislar har kuni xabar olib, pillakorlarga kerakli maslahatlarni berib turadi. Ana şunda qimmatli xomaşyoni yöqotiş kamayib, hosildorlik oşadi. Pilla boqiş mavsumiy bölgani uçun bunday maxsus qurtxonalar yonida keyinçalik qişloq xöjaligi ekinlari ekiş, tayyor mahsulotni quritiş yoki qayta işlaş sexlarini işga tuşiramiz. Negaki, tutzorlardan unumli foydalaniş maqsadida tut qator oralarida turli xildagi sabzavotlar va dukkakli ekinlar yetiştiriş yölga qöyiladi.