Quvalik mirişkor-tadbirkorlarning hisob-kitoblariga köra, bu yil tumanda 50 million tup mevali va manzarali köçat yetiştirildi. Bu hazil gap emas. Azal-azaldan quvaliklar boğ yaratiş maktabini butun respublikaga örgatib kelişadi. Masalan, tumanda anorçilikka 30-yillarda asos solingan bölsa, bugungi kelib tajribali boğbon Masturaxon Sayfutdinova yetakçiligida Quva daşt-adirlari, toşliq yerlariga anor köçatlari ekilib bu sohada yangiça bosqiçga kirişildi.

Bugun Quva-Farğona-Marğilon yöllari, Quva-Şahrixon-Marhamat yöllarida quvaliklarning yaratuvçanlik mö'jizalariga guvoh bölasiz. Ha, bitta uruğni yerga qadab, uni kökartirib, payvandlab, mevali köçatga aylantiriş uçun ham katta sabot, mehnatga ijodkorona yondaşuv kerak.
Quva tumani Farğona vodiysining çinakam durdonasidir. Bu yerning dehqonlari mehnatsevarligi bilan nom qozongan. Ayniqsa, anor yetiştiriş borasida ularning oldiga tuşadigani yöq. Şu bois Quva anorlari nafaqat yurtimiz, balki xorijda ham ma'lum va maşhur. Ayni paytda tumandagi “Anor” ixtisoslaştirilgan agrofirmasi tarkibidagi 150 dan ziyod fermer xöjaligida uşbu kuz ne'matining 30 dan ortiq turi parvarişlanayapti.

E'tiborlisi, yetiştirilgan hosilning içki ehtiyojdan ortgan qismi Koreya, Rossiya singari mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Ayniqsa, bu borada tajribali Masturaxon opa Sayfuddinova yetakçilik qilayotgan fermer xöjaligi a'zolarining hissasi katta böldi. Jamoa Karkidon qirlarida yaratgan anorzordan möl hosil oliş istagida. Kelgusi yillarda yana 2 ming gektar maydonga ötqazilgan köçatlar ham meva bera boşlaydi.

Bu yil Quva tumanidagi “Farğona anorzori” mas'uliyati çeklangan jamiyatida 50 gektarda yangi anorzor barpo etilgan. Anorzor qator oralariga pomidor, bodring, bulğor qalampiri va boşqa sabzavotlar, dukkakli ekinlar ekilgan. Agrofirma tomonidan kelgusi yillarda anorzorlarni 2 ming gektarga, hosildorlikni 30 ming tonnaga yetkaziş möljallanmoqda. Prezidentimiz Farğonadagi taşrifi çoğida Quva va Daşnobod anori dunyoga maşhur ekani, har ikkala navning öziga yaraşa xususiyatlari mavjudligini ta'kidladi. Anor çiqitsiz mahsulot bölib, pöstloğidan kimyo sanoatida rang olişda, farmatsevtikada xomaşyo sifatida foydalaniş mumkin. Viloyatda anorzorlarni kengaytiriş va uşbu mahsulot eksportini köpaytiriş yuzasidan mutasaddilarga tegişli tavsiyalar berilgan edi. Bu borada Masturaxon opa Sayfuddinova allaqaçon harakatni boşlab yuborgan.











