Özbekiston Respublikasi Prezident Şavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida qator muhim muammolarni kötardi. 

Şulardan biri sifatida mahalliy hokimliklar tomonidan “Kamolot” rahbarlari va xodimlarini ularga aloqasi bölmagan vazifalarni bajarişga, jumladan, qişloq xöjaligi yumuşlari, metallom topşiriş, obodonlaştiriş kabi işlarga, eng yomoni, turli-tuman majlislarga jalb etiş holatlarining avj olişi keltirildi. 

"Bunday açinarli holat Toşkent şahrida ham mavjud bölib, “Kamolot”ning tuman kengaşlari raislari obodonlaştiriş işlari, binolar fasadini ta'mirlaşga safarbar etilgan. Ular iş vaqtining asosiy qismini özlariga biriktirilgan “okrug”larda ötkazadi. Keçki payt esa hokimiyat majlislarida hisobot beradi. Özingiz ayting, ular qaçon özining bevosita işi, ya'ni, yoşlar masalasi bilan şuğullanadi?

Eng yomoni, joylardagi ayrim rahbarlar “Kamolot” uçun munosib şaroit yaratib beriş, yoşlar yetakçilariga yordam beriş örniga ularga qöpol munosabatda böliş, obrösini tökişni “iş uslubi”ga aylantirib olmoqda.

Masalan, joriy yilning 4 may kuni Navoiy şahridagi “Yoşlik” sport majmuasida ötkazilgan tarğibot tadbirlarida xunuk voqea röy bergan. Içki işlar boşqarmasi rahbarlaridan biri “Kamolot”ning Navoiy viloyati kengaşi raisini köpçilik örtasida haqorat qilib, zöravonlik bilan tadbirdan çetlaştirmoqçi bölgan.

Qani, içki işlar vaziri, A.Azizov, siz bu masalaga qanday izoh berasiz? Navoiy viloyat hokimi, Q.Tursunov, sizning bu holatdan xabaringiz bormi? Bor bölsa, bu masala böyiça qanday çora kördingiz?

Şu borada Andijon viloyatidan ham noxuş bir misol keltirişga töğri keladi. Ötgan yili Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan viloyat “Kamolot” harakati kengaşiga Andijon şahar obodonlaştiriş boşqarmasi tomonidan tantanali ravişda yangi avtobus topşirilgan. Lekin marosim tugaşi bilan avtobus olib qöyilib, uning örniga şalaği çiqqan eski transport vositasi berilgan. Aytinglar, bunday “öyin”lar, közböyamaçilik bilan biz yoşlarga qanday tarbiya beryapmiz?

Andijon viloyatining hokimi Ş.Abdurahmonov, siz bunga nima deysiz? Afsuski, bunday kamçiliklarni respublika miqyosidagi vazirlik va idoralar faoliyatida ham uçratiş mumkin.

Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov, ayting-çi, siz öz tizimingiz böyiça yoşlar yetakçilari bilan qaçon uçraşgansiz? Siz boşçilik qilayotgan sohada işlayotgan pedagoglarning neça foizini yoşlar taşkil etadi? Ularning qançasi “Kamolot” a'zolari hisoblanadi?