2017 yilning 23 iyun kuni taxminan soat 15:00larda muqaddam sudlangan Anton Sobolev Sergeli tumanida yaşovçi tanişi Pavel Nikolayevning (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) xonadonida böla turib, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, 1.270.000 sömlik maişiy texnika vositalarini öğirlamoqçi bölgan vaqtida, xonadon egasi tomonidan uşlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 25, 169-moddasi 1-qismi (öğirlikka suiqasd) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.

Yuqoridagi şaxsning xatti-harakatidan jabr körganlar bölsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar organlariga murojaat etişi mumkin.