Diplom va sertifikatli hisobçilar assotsiatsiyasi (Association of Chartered Certified Accountants, ACCA) dunyoning eng yirik xufyona (yoki soya) iqtisodiyotlari reytingini taqdim etdi. Bu haqida RNS'da ma'lum qilindi.
Reyting yetakçisi sifatida Ozarboyjon qayd etildi - uning soya iqtisodiyoti hajmi YaIMning 67 foizini taşkil qiladi. Top-5 xufyona iqtisodiyotlar reytingiga şuningdek Nigeriya (48,4 foiz), Ukraina (46 foiz atrofida), Rossiya Federatsiyasi (39,07 foiz) va Şri-Lanka (37,8 foiz) ham kiritildi.
2016 yil yakunlariga köra, eng kam hajmli soya iqtisodiyoti AQŞ (YaIMning 7,8 foizi), Yaponiya (10,1 foiz) va Xitoy (10,2 foiz) davlatlariga töğri keladi.
Röyxatda jami 28 mamlakat nomi keltirilgan.












