Özbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi örtasida şeriklik va hamkorlik töğrisidagi Bitimga 2011 yil 7 aprelda imzolangan “Töqimaçilik bayonnomasi” 2017 yil 1 iyuldan boşlab kuçga kirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatda töqimaçilik sohasini rivojlantirişga muhim e'tibor berilayotganini hisobga olgan holda, uşbu hujjatning kuçga kirişi mamlakatning eksport salohiyatni oşirişda va milliy töqimaçilik mahsulotlarning Yevropa bozorlariga kirib borişida katta amaliy ahamiyatga ega.

Xususan, uşbu hujjat Özbekiston bilan Yevropa Ittifoqi örtasida töqimaçilik mahsulotlari savdosi uçun mustahkam huquqiy asos yaratadi. 

Bunda tranzit taşişda, Yevropa Ittifoqi tomonidan Özbekiston töqimaçilik mahsulotlariga qöllanilayotgan bojxona va soliq tölovlariga nisbatan özarolik asosida eng qulay rejimni yölga qöyiş hamda uşbu turdagi mahsulotlar savdosidagi miqdoriy çeklovlarni olib taşlaş nazarda tutiladi.