Tayinlovga qadar E’zoza Karimova Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy işlar samaradorligini oşiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini ta’minlaş masalalari böyiça maslahatçisi vazifasida işlab kelayotgan edi.
E’zoza Karimova 2021-2021 yillarda Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi bölimi boşliği, 2021-2023 yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatçisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2023-2024 yillarda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Yangi Özbekiston universitetining yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça prorektori vazifasida işlagan.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 21 aprel kuni maktab ta’limi sifatini oşiriş hamda pedagoglar tayyorlaş tizimini takomillaştirişga oid taqdimot bilan tanişgandi. Taqdimot doirasida Toşkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, Özbekiston milliy pedagogika universitetini taşkil etiş, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilayotgani ma’lum qilingan edi. Universitet barça hududlardagi pedagogika institutlari uçun tayanç oliygoh böladi.











