AQŞning bir qator şaharlarida bugun mamlakat prezidenti Donald Trampga qarşi aksiyalar ötkazilişi rejalaştirilgan. Deutsche Welle ma'lumotiga köra, aksiya iştirokçilari prezidentni lavozimidan ketkazişni talab etişadi.

Tadbirlar taşkilotçilari janob Trampni AQŞ Konstitutsiyasini buzişda ayblaşmoqda. Prezident öz lavozimidan biznes manfaatlari yölida foydalanayotgani aytilmoqda. Şuningdek, amerikaliklar uni «Rossiya işi» böyiça tekşiruvlarga tösqinlik qilayotganlikda ayblaşmoqda.

Şu yilning yanvar oyi oxirida yuz minglab amerikaliklar Donald Trampga qarşi «ayollar marşi» nomini olgan namoyişlarni ötkazişgandi. Taşkilotçilar Vaşingtonda 200 ming iştirokçi köçalarga çiqişini kutişgan, amalda bu miqdor 500 mingga yaqinni taşkil etgandi. Women's March taşkiloti ma'lumotiga köra, şu kuni dunyoning 600dan ortiq şahrida şunday marşlar bölib ötgan, ularda butun dunyo böylab 2,5 mln kişi qatnaşgan.

Keyingi kunlarda AQŞda minglab kişilar Donald Trampga norozilik belgisi sifatida işga çiqmagan, bu aksiyalar «muhojirlarsiz kun» deb atalgandi.