Qatar atrofidagi vaziyatni "qonsiz uruş"ning e'lon qilinişi deb ta'riflaş mumkin, deb aytdi Qatarning mudofaa masalalari böyiça vaziri Holid bin Muhammad al-Atiyya Londonda çop etiluvçi "Al-Arabi al-Jadid" naşriga bergan intervyusida.
"Fuqarolarga ziyon yetkaziş va Fors körfazi davlatlaridagi vaziyatlarni izdan çiqariş maqsadida havo, quruqlikdagi va dengiz çegalarining yopilişini boşqaça yana qanday izohlaş mumkin?", deb aytdi vazir.
Al-Atiyya, şuningdek, Qatar terrorçilarni qöllab-quvvatlaşi haqidagi tasdiqlarni haqiqatga töğri kelmasligini aytdi. U Turkiyadagi joriy vaziyat masalasiga ham töxtalib ötdi. Uning aytişiça, Turkiya va Qatar tarixiy riştalar bilan boğlangan.
Vazirning Turkiyaga taşrifi ikki davlat örtasidagi harbiy hamkorlikni mustahkamlaş doirasida amalga oşirilgan. Al-Atiyyaning aytişiça, safarning kun tartibidagi asosiy masalasi Turkiyaning Qatardagi harbiy bazasi bölgan.
Avvalroq Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgan Saudiya Arabistoni, BAA, Misr va Bahrayn aloqalarni normallaştiriş uçun Doha bajarişi şart bölgan 13 ta talabni taqdim qilgan. Ular orasida Qatardagi Turkiya harbiy bazasining yopilişi talabi ham bor. Dohaga bu talablarni bajariş uçun 10 kunlik muhlat berilgan.












