Isroil sobiq boş vaziri Exud Olmert muddatidan avval ozodlikka çiqarildi. «Gaarets» naşrining xabar yozişiça, korrupsiyada ayblanib, 2016 yil fevralida 18 oyga qamalgan sobiq siyosatçi 16 oyni qamoqda ötkazgaç, şartli ravişda ozod qilingan, şartlar ma'lum qilinmagan.
U jazoni Tel-Avivdan 20 km masofadagi "Maasiyagu" qamoqxonasida ötayotgandi. Ötgan haftada u kökrak sohasidagi oğriq tufayli şifoxonaga tuşgandi. U şifoxonada bir neça kun yotdi, bu vaqtda isroillik siyosatçilar 71 yoşli siyosatçining davlat oldidagi xizmatlarini inobatga olgan holda ozod etişni söraşdi.
Olmert 2006 yildan 2009 yilgaça Isroil boş vaziri bölgan, u 2014 yil mayida poraxörlik uçun olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. U Quddus (Iyerusalim) meri lavozimini egallab turgan paytida Holyland turar-joy majmuasi quruvçilaridan 144 ming dollar, yana boşqa iş böyiça esa 17 ming dollar pora olgani aniqlangan. 2015 yil dekabrida sud uning apellyatsiyasini körib çiqib, jazo muddatini 1,5 yilgaça kamaytirgan, şu bilan birga Olmert Isroil tarixida qamoqqa olingan ilk boş vazir bölgandi.
Isroil tarixida eng katta korrupsiya mojarolaridan biriga aylangan Holyland işi böyiça ayblov Olmertga 2012 yil yanvarida qöyilgan edi. Bu iş böyiça yana töqqiz kişi aybdor deb topilgan, uç kişi oqlangan.
Olmert partiyadoşi Ariel Şaron komaga tuşgaç, hukumatga rahbarlik qilgan va 3 yil ötib, örnini Binyamin Netanyahuga topşirgandi. U boş vazirlik qilga vaqtda söl-markaz siyosatçi sifatida faoliyat körsatib, Suriya va Falastin bilan tinç muzokaralar jarayoniga barham bergan, isroilliklar öta muvaffaqiyatsiz çiqqan deb hisoblovçi Ikkinçi Livan uruşini boşlagan hamda Ğazo bölagiga yuriş qilib, mingdan ortiq falastinlikning öldirilişiga sabab bölgandi.












