Şanba kuni Gretsiyadagi jazirama - Tselsiy böyiça 45,9 daraja - Yevropadagi eng issiq harorat rekordini yangiladi. Kritdagi Iraklion şahri yaqinidagi Mires hududida şunday harorat qayd qilindi. Bu haqida meteo.gr saytida xabar berildi. 

Gretsiyada bir haftdan ortiq vaqt davomida issiq harorat kuzatilmoqda, biroq payşanba kunidan boşlab bu yerdagi harorat 40 daraja issiqni qayd etgan. 

Sinoptiklar ma'lumotlariga köra, şanba kuni 4 kuzatuv stansiyasida termometr körsatkiçlari 44 darajadan yuqorilagan, 25 stansiyada esa - 42 darajadan. 

Poytaxt Attika mintaqasida esa eng yuqori harorat Psixiko tumanida qayd etilgan - 43,4 daraja. Yakşanba kuni qator hududlarda, şu jumladan Attika va Peloponnesda maksimal havo harorati 44-45 darajani taşkil qiladi. 

Duşanba kuni haroratning ön darajaga - 33-34 darajagaça pasayişi kutilmoqda. 

Kasalliklarni nazorat va profilaktika qiliş davlat markazi (KEELPNO) bunday jaziramada inson özini qanday tutişi kerakligiga doir tavsiyalar bilan bölişdi - quyoşdan himoyalaniş, soya-salqin joylarda böliş, köproq suv içiş, me'yordan ortiq ovqatlanmaslik, yengil kiyiniş, quyoş ostida oğir jismoniy mehant qilmaslik. 

Afina  meriyasi istagan odam issiqdan himoyalana olişi uçun poytaxtda 9 konditsionerli inşoot oçdi. Uşbu inşootlar birinçi navbatda aholining zaif himoyalangan guruhlariga möljallangan. 

Yonğin xizmatlari quruq issiq havo tufayli yonğin xavfsizligidan va gulxan yoqiş taqiqlanişidan  ogohlantirişmoqda. Şunga qaramay, şanba kuni Gretsiyada bir neça yonğin holatlari qayd etildi.