Şimoliy Irlandiya çempioni «Linfild» va kumuş medal sohibi «Kruseyders» bir kunda «York Siti» klubi himoyaçisi Joş Robinson bilan şartnoma tuzgani haqida e'lon qildi.
BBC tarqatgan xabarga köra, dastlab «Linfild» klubi özining Twitter sahifasida futbolçi bilan şartnoma imzolaganini yozgan va boş murabbiy Devid Hilining Robinsonning taşrifi bilan qutlagan sözlarini ham qöşib qöygan.
Oradan bir daqiqa ötib, «Kruseyders» klubi öz mikroblogida futbolçi bilan şartnoma imzolanganini e'lon qildi. Şuningdek ular, futbolçi bilan iyundan buyon muzokaralar olib borganini ta'kidlab ötdi.
Ammo Şimoliy Irlandiya futbol assotsiatsiyasiga (IFA) mamlakat çempioni futbolçi bilan şartnoma imzolagani haqidagi hujjatlarni birinçi bölib taqdim etgani uçun Robinson «Linfild» futbolçisi sifatida qoladigan böldi.













