2017 yil 20 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta'lim muassasalariga qabul qiliş, talabalar öqişini köçiriş, qayta tiklaş va öqişdan çetlaştiriş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida»gi 393-sonli qarori qabul qilingani va unda qöşimça kontraktlarning oşirilgan miqdori tasdiqlangani haqida ma'lumot berilgan edi.

Yurist-bloger Xuşnud Xudayberdiyev öz saytida ma'lum qilişiça, Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi mazkur qarorning ijrosini ta'minlaş maqsadida tölov-kontrakt asosida belgilangan kvotadan taşqari oliy ta'lim muassasalariga qöşimça ravişda qabul qiliş böyiça tartib işlab çiqilgan.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga köra, töplagan ballari tasdiqlangan tölov-kontrakt böyiça qabul kvotalari çegarasiga 4 ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun quyidagiça miqdor belgilangan edi:

1 ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun – 1,5 barobar;
1.1 balldan 2 ballgaça yetmaganlar uçun – 2,0 barobar;
2.1 balldan 3 ballgaça yetmaganlar uçun – 2,5 barobar;
3.1 balldan 4 ballgaça yetmaganlar uçun – 3,0 barobar.

Davlat komissiyasining tartibiga muvofiq, barça ta'lim sohasi va ta'lim yönalişlari böyiça 4 balldan ortiq ball yetmagan, eng yuqori ballning 30 foiz (68,0 ball)dan kam bölmagan holda, qöşimça ravişda öqiş istagini bildirgan abituriyentlarning birinçi öquv yili uçun tölov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.

Oşirilgan tölov-kontrakt miqdorlariga nazar taşlasak, eng qimmat tölov huquq yönalişida ekanligini köriş mumkin. Unga köra, yurisprudensiya yönalişi böyiça qöşimça-kontraktda öqiş istagini bildirganlar 1-öquv yili uçun 25 baravar miqdorida kontrakt tölaşi lozim böladi. Bu bugungi kunda 246 mln. 250 ming sömni taşkil etmoqda.