Buyuk Britaniya poytaxti London şahri janubida Audi A3 rusumli avtomobil katta tezlikda ösmirlar guruhi ustiga yurib bordi. Bu haqda BBC News xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinişiça, bu hujum oqibatida 16 yoşli qiz vafot etgan, yana 6 kişi jarohatlanib, şifoxonaga olib borilgan.

Politsiya ma'lumotiga köra, avtomobil haydovçisi voqea joyidan qoçib ketgan, ammo u hodisa vaqtida boşidan jarohat olgani uçun, tibbiy yordam sörab, murojaat qilişi mumkin.

Hozirça u ösmirlar ustiga maşinasini qasddan haydagani aniq emas.