Maşhur amerikalik ayol tennisçi Vinus Uilyams uning iştirokidagi yöl-transport hodisasi oqibatida halok bölgan 78 yoşli erkakning oilasi va yaqinlariga Facebook orqali öz hamdardligini bildirdi.

"Men avariyadan keyin tuşkun holatdaman va qayğudan ado böldim. Men çin yurakdan Jyerom Barson oilasi va döstlariga hamdardligimni bildiraman va ular haqiga duoda bölib, ular haqida öylamoqdaman", deyilgan xabarda. 

Guvohlar ma'lumotlariga köra, maşhur tennisçi Serena Uilyamsning opasi Vinus Toyota Sequoia maşinasida svetoforning qizil çiroğida çorrahaga çiqib ketgan. Oqibatda uning maşinasiga 78 yoşli Barson ötirgan Hyundai Accent maşinasi kelib urilgan. Maşinani erkakning rafiqasi Linda Barson boşqargan. Erkak 2 hafta ötgaç, olingan jarohatlardan şifoxonada vafot etgan. Vinusning öziga heç narsa qilmagan.  

Sportçining advokati uning aybsiz ekanligini ta'kidlamoqda. Uning aytişiça, Vinus yöl harakati qoidasini buzmagan holda çorrahaga yaşil çiroqda 8 km/soat tezlik bilan çiqqan. Ma'lum qilinişiça, marhumning oilasi Uilyams ustidan sudga ariza bergan. Florida politsiyasi uşbu hodisani tergov qilişda davom etmoqda.

37 yoşli Vinus Uilyams "Katta dubulğa" seriyasiga kiruvçi musobaqalarning yetti karra ğolibasi hisoblanadi. U, şuningdek, Olimpiya öyinlarining oltin medallarini 4 marta, jumladan 3 marta singlisi Serena bilan juftlikda qölga kiritgan.