AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Oq uy xodimlarining maoşlari haqidagi ma'lumotlarni AQŞ kongressiga taqdim qildi.

Ma'lum qilinişiça, uşbu hujjat Oq uy saytida joylaştirildi va 16 sahifadan iborat. Hujjatda Oq uy xodimlaridan eng kam maoşni Milliy iqtisodiy kengaş direktori va Trampning iqtisodiy siyosat böyiça katta maslahatçisi Geri Kon olişi körsatilgan. Uning maoşi yiliga bor-yöği 30 ming dollarni taşkil qilar ekan.

Eng katta maoşni esa Trampning siyosat böyiça katta maslahatçisi Mark Xaus olar ekan, uning maoşi yiliga 187 ming dollarni taşkil qiladi. Şuningdek, Oq uy matbuot kotibi Şon Spayserning maoşi ham eng kattalaridan biri bölib, u yiliga 179,7 ming dollar oladi. Spayserning yordamçisi Sara Sanders yiliga 165 ming dollarlik maoş oladi.

Ta'kidlaş joizki, Trampning maslahatçilari hisoblanadigan uning qizi Ivanka Tramp va kuyovi Jared Kuşner hujjatga köra umuman maoş olmaydilar. Trampning özi esa prezident etib saylangandan keyin öziga belgilangan 400 ming dollarlik maoşdan voz keçgan va u yiliga 1 dollar miqdoridagi ramziy maoş oladi.

"Qonunga köra men baribir yiliga bir dollardan kam bölmagan maoş olişim kerak, şuning uçun maoşim bir dollar böla qolsin", deb aytgan Tramp.