Rossiya premer-ligasi jamoasi özbekistonlik futbolçilardan birini öz safiga qöşib olişi kutilmoqda. Bu haqda özbek futbolidagi taniqli şaxslardan biri, OFK sobiq komissari Alişer Nikimbayevga asoslanib, «Tribuna» xabar yozgan.

«Tez orada RFPLda töp suradigan özbekistonlik futbolçilar soni yana bitta köpayadi. Kamtargina klub. Lekin şu ham futbolçimizga tramplin vazifasi ötaşi kerak. Yangilikni kuting», deb yozadi Nikimbayev.

Nikimbayev aynan qaysi futbolçi qaysi jamoaga ötişi haqidagi savolni oçiq qoldirgan.

Ma'lumotlarga köra, gap «Bunyodkor» futbolçisi haqida ketmoqda. Oldinroq «qaldirğoçlar» vakili Doston Hamdamov va Eldor Şomurodov Rossiyada körikdan ötgani haqida xabarlar tarqalgandi. Hamdamov «Axmat» (sobiq «Terek»), Şomurodov esa TsSKA körigida bölib qaytgandi.

Ma'lumot uçun, ayni vaqtda Özbekiston terma jamoasiga nomzod bölgan ikki nafar futbolçi Vitaliy Denisov («Lokomotiv») va Vadim Afonin («Anji») Rossiya premer-ligasida töp surib kelmoqda.