Suriyalik qoçqin qiz Iman Hassun Çita markazidagi Zabaykalyadagi 44-maktabni oltin medal bilan tamomladi. Bu haqda RIA Novosti ölka ta'lim vazirligi matbuot kotibi Yekaterina Gorskaya ma'lum qilgan.
"Suriyadan kelgan qoçqin qiz Iman Hassun bu öquv yilida 44-maktabni oltin medal bilan bitirdi. Qayd etiş kerakk, Iman bu maktabda oltin medal olgan yagona öquvçi böldi", degan vazirlik vakili.
Uning sözlariga köra, qizning onasi çitalik, otasi esa Irkutskda öqiganida u bilan tanişib qolgan. Iman Hassun Idlibda yaşagan, Çitaga ota-onasi bilan 2015 yil yozida köçib kelgan.
"Uruş boşlandi, bizning şaharga hujum qilişdi, bu dahşatli hodisadan keyin biz onamning vataniga, Çitaga kelişga qaror qildik", deydi Iman.
"Suriyada köplab döstlarim qolişdi. Men ular bilan muloqot qilib turaman. Ular şunday oğir şaroitlarda yaşab, öqişda davom etişmoqda va bularning barçasi yakunlanişiga umid qilişmoqda", deya davom etgan qiz.
U avvaliga rus tilida yozişga qiynalgan, ammo ikki yil ötib, u rus tili böyiça davlat imtihonida 91 ball olgan yagona öquvçiga aylangan.
"Maktabda eng qiyin dars men uçun rus tili edi. Noldan boşlaşga töğri keldi. Menga ayniqsa "y" harfini yoziş muammo böldi. Men alifbo böyiça yoz böyi işladim. Köp harakat qildim... Axir Suriyada bunday fan yöq edi", deya hikoya qiladi u.
Agentlik suhbatdoşi sözlariga köra, qiz rus tilida erkin gaplaşa oladi. U özining ikki vatani borligi, biri Suriya, ikkinçisi Rossiya ekanini aytadi, lekin u qaçondir Idlibga qaytişni istaydi.

















