Çita sudi 2024 yil aprel oyida Ukrainadagi uruşdan qaytib, mahalliy aholi vakilini öldirişga uringan "Vagner" XHK sobiq yollanma askariga nisbatan jinoiy işni töxtatdi. Sud matbuot xizmatining 15 oktyabr, seşanba kuni e’lon qilingan bayonotida aytilişiça, qotillikka suiqasd va talonçilik ayblovlari böyiça iş yurituvi, jabrlanuvçining e’tirozlariga qaramay, ayblanuvçi "safarbarlik davomida harbiy xizmat uçun şartnoma tuzgani" munosabati bilan töxtatildi.
Harbiy xizmatga tanlab oliş punkti rahbari oktyabr oyi boşida Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan Ukrainadagi uruşga sudlanuvçilarni yuborişga ruxsat beruvçi yangi qonunlarga asoslanib, işni töxtatib qöyişni söragan.
Ayblanuvçi sud zalida hibsdan ozod qilindi va Mudofaa vazirligi vakiliga topşirildi, deb xabar berdi Çitaning Çernovskiy rayon sudi.
Matbuot xabarida, şuningdek, 2014 yilda ayblanuvçi Baykalorti ölka sudi tomonidan ikki kişini öldiriş, zörlaş va qotillikka urinişda aybdor deb topilib, 22 yilga ozodlikdan mahrum etilgani va keyinçalik "Vagner" XHK tarkibida Ukrainada jang qilganligi qayd etilgan. Aprel oyida uruşdan qaytgan sobiq vagnerçi tomonidan kökrak, qorin, qöl va oyoq qismidan piçoqlangan ayol tirik qolgan, biroq uning soğliğiga jiddiy zarar yetgan, deb xabar berdi sud.
Oktyabr oyi boşida Putin ikki qonunni imzoladi, unga köra, agar sudlanuvçilar harbiy xizmatga çaqirilsa yoki Mudofaa vazirligi bilan "safarbarlik yoxud uruş davrida" şartnoma tuzgan bölsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilişi mumkin.
Putin uruşda qatnaşayotgan sudlanuvçilarni jazodan ozod qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2 oktyabr kuni safarbarlik paytida yoki uruş vaqtida işi birinçi instansiya yoki apellyatsiya sudida körib çiqilayotgan ayblanuvçilar bilan şartnoma tuzişga ruxsat beruvçi ikkita qonunni imzoladi. Har ikkala qonun ham huquqiy axborot rasmiy internet portalida e’lon qilingan.
Avvalroq, 24 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi yiğilişida ikkala qonun loyihasi ham ikkinçi va uçinçi öqişda ma’qullangan edi. Qonun loyihalaridan birinçisi, agar sudlanuvçilar safarbarlik davrida yoki uruş davrida harbiy xizmatga çaqirilgan bölsa, jinoiy iş yuritişni töxtatib turiş, keyin esa jinoiy javobgarlikdan ozod qiliş imkonini beradi. Qonun şuningdek, safarbarlik davrida, harbiy holat yoki uruş davrida RF Qurolli kuçlarida xizmat qiliş paytida jinoyat sodir etgan şaxslarga nisbatan sud işlarini töxtatib turiş imkoniyatini nazarda tutadi.

















