Amerika Qöşma Ştatlarining Janubiy Koreyada örnatayotgan Raketalarga qarşi mudofaa tizimlari mintaqadagi strategik muvozanatni izdan çiqaradi. XXR raisi Si Tszinpin Moskvaga taşrifi arafasida TASS agentligiga bergan intervyusida şunday bayonot berdi.
"AQŞning Janubiy Koreyada THAAD RQM tizimlarini joylaştirişi mintaqa mamlakatlari, xususan, Xitoy va Rossiyaning strategik xavfsizligiga jiddiy zarar yetkazadi. Şu bilan birga, u yarim orolning yadro qurolidan xoli bölişi, mintaqada tinçlik va barqarorlikni saqlaşga yordam bermaydi. Xitoy tomoni şu munosabat bilan jiddiy noroziligi hamda xavotirini bildirgan", - deya ta'kidlagan Xitoy yetakçisi.
"Xitoy va Rossiya THAAD masalasi böyiça barça darajalardagi aloqalar va muvofiqlaştirişlarni saqlab kelmoqda. Biz uning tahdidi va maqsadi yuzasidan öxşaş qaraşlarga egamiz. Ikkala tomon ham AQŞning THAAD tizimlarining Koreya respublikasida joylaştirilişiga qarşi hamda tomonlarni qarorni bekor qilişga va örnatiş işlarini töxtatişga qat'iyat bilan çaqirmoqda", - deya ta'kidlagan Si Tszinpin.
Uning qayd etişiça, Xitoy va Rossiya, birgalikda yoki alohida bölsin ikki mamlakat xavfsizligini va mintaqadagi strategik muvozanatni saqlaş maqsadida javob çoralarini köradi.
Xitoy rahbarining fikriça, Koreya yarim orolidagi inqiroz faqat muloqot va maslahatlaşuvlar yöli bilan, barça manfaatdor tomonlarning asosli taşvişlarini e'tiborga olgan holda hal etilişi kerak.
"Xitoy tomoni yarim oroldagi vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatib, yarim orolni yadrosizlantiriş, unda tinçlik va barqarorlikni ta'minlaş maqsadiga sodiq qolmoqda, inqirozni muloqot va muzokaralar yöli bilan hal etiş kerakligini ta'kidlamoqda", - degan Si Tszinpin.
U Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli qiliş muammosi "juda murakkab bölib, uzoq vaqtga borib taqalişini" yodga olar ekan, "barça manfaatdor tomonlarning taşvişlarini e'tiborga olgan holda sabablari va oqibatlariga barham beriş" zarurligini ta'kidladi.

















