Suriyada Rossiya va Suriya aviatsiyasi hamkorligida ötkazilgan amaliyot davomida IŞID yetakçilaridan biri Lavdrim Muxadjyeri öldirildi, uning yonida bölgan 6 qöriqçisi ham halok bölgan. Bu haqda pronews.gr xabar tarqatdi.
Qayd etilişiça, Muxadjyerining ölimi haqidagi xabarlardan keyin Kosovo psevdodavlati infratuzilmalar vaziri Lufti Zarku va Kaçanikedagi diniy uyuşma rahbari Florim Neziray marhumning oilasiga taşrif buyurib, hamdardlik bildirgan.
OAVdagi ma'lumotlarga köra, Muxadjyeri öz vaqtida NATOning Kosovodagi missiyasi xodimi bölib işlagandi.
Lavdrim Muxadjyeri Suriyada Abu Abdulla al-Kosovo taxallusi bilan faoliyat yuritgan, u AQŞ Davlat departamenti tomonidan 2014 yili terrorçilar röyxatiga kiritilgandi.












