Özbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirişda, ularga jamiyatda öz örnini topişda yordam berayotgan taşkilot sifatida tilga olinadigan “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi ayol tadbirkorlar uçun imkoniyatlar eşigi bölib xizmat qilmoqda. Assotsiatsiya rahbari Gulnora Mahmudova Kun.uz bilan suhbatda tizimdagi muammolar va rejalar haqida örtoqlaşdi.

– “Tadbirkor ayol” Özbekiston işbilarmon ayollar assotsiatsiyasi taşkil etilganiga 30 yil töldi. 30 yil içida assotsiatsiya tadbirkor ayollarga nima bera oldi? Qanday işlar amalga oşirildi bu borada?

– “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi taşkil etilganiga 30 yil töldi. Ötgan davr içida xotin-qizlarning ijtimoiy nufuzini oşirişga qaratilgan 100 dan ortiq loyihalar amalga oşirildi.

Assotsiatsiya tadbirkor ayollarga avvalo bilim berdi. Tadbirkorlikni endi boşlayotgan ayollarga özini erkin his qiladigan hamjamiyatni va öziga bölgan işonçni berdi. Yurtimiz istiqboli bilan boğliq holda ayollar tadbirkorligi bosqiçma-bosqiç rivojlanib borayotganini köriş mumkin. Tadbirkor ayol bölişning öziga yaraşa oğir-yengilliklari haqida ayollarimizda yetarli darajada tuşunça yöq edi. Har doim ham tadbirkor ayollarning ijobiy imiji yaratilmadi. Şunday davrlarni boşdan keçiriş uçun ayollarga yordam beradigan taşkilotlar yöq edi. Bizning assotsiatsiyamiz esa ana şunday taşkilotga aylandi.

Çunki ayollarimiz biror işga qöl urganda qayerga murojaat qilişni bilişmaydi. Assotsiatsiya şunday vaqtda ularga yordam berib, töğri yöl tutişga imkon yaratdi.

A'zolarimiz orasida öz tadbirkorligini eng quyi poğonadan boşlab bugungi kunda yirik işbilarmonga aylangan ayollarimiz juda köpçilikni taşkil qiladi. Sirdaryolik bir ayol haqida aytib ötmoqçiman: oliy ma'lumotli, iqtisodiy bilimlarga ega bölgan ayol taqdir taqozosi bilan bir neça yil jazoni ötaş muassasalarida bölgan. “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar bilan olib boriladigan dasturlarimizda öqib çiqib, özining oldingi bilimlariga tayanib tadbirkorlikni boşlagandi. Hozirgi vaqtga kelib şu ayol 100 kişini iş bilan ta'minlaşga erişa oldi va har yili ötkaziladigan “Anor” milliy tanlovida iştirok etmoqçi.

– Tadbirkor ayollar uçun davlat idoralari va taşkilotlar bilan işlaşda qanday muammolar mavjud? Umuman olganda assotsiatsiya ayol tadbirkorlar huquqlarini himoya qila olyaptimi?