Xabaringiz bölsa kerak, 2021/2022 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari töğrisidagi Özbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun e'lon qilindi.

Loyihaga muvofiq, kelasi öquv yili uçun nodavlat oliy ta'lim taşkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlari 56 nafar etib belgilanişi va ularning OTM va taşkilotlar böyiça kesimi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlanişi közda tutilmoqda.

Qaror loyihasining 5-ilovasi sifatida tirkalgan “2021/2022 öquv yilida Özbekiston Respublikasi nodavlat oliy ta'lim taşkilotlariga davlat buyurtmasi asosida öqişga qabul qiliş parametrlari”da Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti nodavlat ta'lim taşkiloti sifatida körsatilib, vazirlik va idoralar uçun Moliya va iqtisod yönalişlari böyiça 6ta davlat granti ajratilişi belgilangan.

Ammo, masalaning ahamiyatli jihati şundaki, loyihada Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti nodavlat ta'lim taşkiloti sifatida talqin qilinib, xatoga yöl qöyilgan. Boisi, Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.

Universitet prorektori Nizom Qodirov Human.uz saytiga bergan intervyusida şu haqida gapirib, jumladan, sayt muxbirining savollariga quyidagiça javob bergan:

“Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti 2002 yil 16 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining qarori bilan taşkil etilgan. Hamkorimiz London (Buyuk Britaniya)dagi Vestminster universiteti, ya'ni ularning [öquv] dasturlarini universitetda joriy etganmiz. Bu filial emas, Özbekiston davlat universiteti, statusi haqiqatan ham davlat universitetidir”.

Şuningdek, Nizom Qodirov bu universitet oçilişi uçun davlat investitsiya kiritgani, bino bilan ta'minlagani va şu vajdan davlat ta'lim muassasasi ekanini aytadi. 

Kun.uz vaziyatga yanada oydinlik kiritiş maqsadida Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti bilan boğlanib, uning ustavi (nizomi) va davlat röyxatidan ötgani töğrisidagi guvohnomalaridan nusxa söradi. Universitetning yuridik xizmati xodimi TXVU haqiqatan ham davlat taşkiloti ekanini, u nima sababdan qaror loyihasiga nodavlat taşkilot sifatida kirib qolganligi sabablari örganilayotganini va bu böyiça tegişli taşkilotga öz takliflarini yuborişlarini ma'lum qildi.