— “Tadbirkor ayol” Özbekiston işbilarmon ayollar assotsiatsiyasi taşkil etilganiga 31 yil böldi. Taşkilot öz oldiga qöygan vazifalarni uddalay olyaptimi?
— Taşkilot mamlakat mustaqilligining ilk yilida uç-tört ayolning taşabbusi bilan taşkil etilgan. Ötiş davrida, ya’ni mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyoti qoidalarini ayollarga biroz tuşuntiriş, ularni daromad topişga örgatiş taşkilotning öşa paytdagi asosiy maqsadi bölgan. 31 yil bu kiçik muddat emas. Bu davrda “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi katta tajriba yiğdi. Bu tajribaga asosan salohiyatimizni töliq işlatişga bizga, albatta, köproq şaroit kerak. Mana şu davr mobaynida hukumat oldimizga qöyayotgan vazifalarni töliqroq va samaraliroq bajarişimiz uçun köproq mehnat qilişga bel boğlaganmiz. Lekin şunday vaziyatlar borki, özimizning vakolatimizdan çiqa olmaymiz. Mana şu narsa bizga biroz xalaqit beradi.

— Taşkilot qayerdan moliyalaştiriladi? 1 yillik jami xarajatlari qança?
— Bu köpçilik uçun qiziq. Haqiqatda kim bilan gaplaşsam, assotsiatsiyaning katta moliyalaştiriş asosi bor, deb öylaşadi. Aslida biz özimizning taşkilotni özimiz moliyalaştirişga harakat qilamiz. Ya’ni köplab xalqaro taşkilotlarga murojaat qilamiz, hamkorlarimiz bilan işlaşga intilamiz. Hozirda “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasining eng katta yutuqlaridan biri bu xalqaro taşkilotlar va hukumatimizning bizga bölgan işonçidir. Biz biror loyihani muvaffaqiyatli bajarmasak, keyingi loyihalarda hamkorlarning işonçini oqlay olmagan bölamiz. Aynan şuning uçun barça loyihalarni sifatli bajarişga harakat qilamiz. Mana şundanmi, hamkorlarimiz, donor taşkilotlar bizga köproq e’tibor berişadi.
— Assotsiatsiyaning jamiyat va davlat rivoji uçun ahamiyati haqida gapirsangiz, aytaylik şu taşkilotni yöq deb hisoblasak jamiyat nima yöqotadi?
— Köp narsa yöqotadi. Çunki “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi ayollarimiz uçun nihoyatda kerakli taşkilot. Köp yillar davomida ayollar bilan yaqindan muloqot örnatişga, ularni birlaştirişga harakat qildik. Bu oson bölmadi. Bizga bölgan işonçni yillab yiğdik. Albatta, ayollar özlarining imkoniyatlarini, intilişlarini realizatsiya qilişga mana şunday bir taşkilotlar kerak.











