6 iyul kuni Tojikiston poytaxti Duşanbe şahrida CASA-1000 loyihasi iştirokçi davlatlari rahbarlari örtasida uçraşuv ötkaziladi.
Duşanbedagi uçraşuvda iştirok etiş uçun Pokiston boş vaziri Muhammad Navoz Şarif hamda Afğoniston prezidenti Muhammad Aşraf Ğani hamda Qirğiziston boş vaziri Sooronbay Jeenbekov keladi.
Pokiston rahbari taşrifi rasmiy maqomda bölib, u Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokaralar ötkazadi.
Uçraşuv haqida qöşimça ma'lumotlar yaqin vaqtlar içida ma'lum qilinadi.
CASA-1000 loyihasi 2016 yilning 12 mayida Tojikistonning Tursunzoda şahrida iştirokçi davlatlar hukumat rahbarlari tomonidan işga tuşirilgandi. Bu loyiha 2020 yilga qadar töliq amalga oşirilişi belgilangan.
CASA-1000 loyihasi Tojikiston va Qirğizistondan Pokiston hamda Afğonistonga elektr energiyasi yetkazib berişni nazarda tutadi. Uşbu loyiha uçun 1,17 mlrd dollar sarflanişi közda tutilgan.
Özbekistonning Markaziy Osiyo energetikasida tutgan örni Qozoğistonga ötadimi?












