GfK xalqaro tadqiqot instituti ötkazgan sörovnoma natijalariga köra, 2016 yili dunyoning eng kitobxon millati xitoyliklar bölişdi. Sörovnomaga javob bergan xitoyliklarning 70 foizi har kuni yoki har haftada aqalli bir marta kitob öqişini ta'kidlagan. Ikkinçi örinni rossiyalik (59 %), uçinçi örinni ispaniyalik (57 %) kitobxonlar egallaşdi. Uşbu institut tomonidan avvalgi yillarda ötkazilgan tadqiqot natijalariga köra, hindistonliklar (haftasiga 10,7 soatni kitob öqişga sarflaydilar), tailandliklar (9,4 soat) va xitoyliklar (8 soat) eng köp kitob öquvçi davlatlar reytingida peşqadam edilar.
Bizda-çi? Aholimizning qança qismi har kuni yoki haftasiga aqalli bir marta kitob öqiydi? Haftasiga qança soatni kitob öqişga sarflaymiz? Menimça, umumiy aholiga nisbatan natijalarimiz qoniqarli çiqmasa kerak…
Jamiyatimizda kitobxonlikning yuksalişiga tösqinlik qiluvçi bir qança sabablar mavjud:
– kitob mahsulotlarining nisbatan qimmatligi (rivojlangan davlatlarda oylik daromad miqdoriga nisbatan kitobga sarflanadigan mablağ foizi kam);
– har tomonlama professional naşriyot va matbaa korxonalarining kamligi (qoğoz va matbaa mahsulotlari va texnikasini erkin import qiliş, özaro raqobatning ösişi kitoblarning narxi va sifatiga ijobiy ta'sir etadi);
– imlo bilan boğliq muammolar «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritiş tartibi haqida»gi Qarorga köra, yangi alifboga bosqiçma-bosqiç ötilib, bu iş 2010 yilning 1 sentabriga qadar töliq tugallanişi kerak edi. Amalda esa hamon kirill yozuvidan foydalanyapmiz. Orada kirill va lotinda öqiydigan avlodlar orasida tafovut paydo bölgan)…
“Oçiq kutubxona” taşkil etamizmi?
Hozir kitobxonlar uçun barça şaroitlar mavjud. Bir ma'lumotni qidiriş uçun soatlab ensiklopediya titkilaşga hojat yöq. Internetga kirib, istalgan ma'lumotni soniyalar içida topiş mumkin. Elektron kutubxonalar taşkil etilişi bilan kitoblarni ham qisqa muddatda qölga kiritiş va mutolaa qiliş osonlaşdi. Avvalgidek kutubxonaga boriş, a'zo böliş, kitobga buyurtma beriş, topib olib kelgunlarigaça kutiş, rasmiylaştiriş kabi vaqttalab dahmazalarga hojat qolmadi.
Albatta bu jarayon kutubxonalarga boruvçilarning kamayişiga ham sabab böldi. Nima qiliş kerak? Agar kitobxon kutubxonaga kelmasa, kutubxona kitobxonlarga borişi kerak. Dunyoning eng katta kutubxonalari kitob fondlari elektronlaştirilib, onlayn öqiş imkoniyati taqdim etilgan. Yaqinda Turkiyadagi barça qölyozma asarlardan nusxa köçiriş bepul bölganligi xabari tarqatildi. Kutubxonalar va jamoat taşkilotlari şahar va qişloqlarning gavjum joylarida, transport bekatlarida mutlaqo bepul xalq kutubxonalarini taşkil etmoqdalar.
Mavzuga oid
Ötgan yili ozarboyjonlik hamkasblarim ajoyib yangilikni yetkazişdi. Qardoşlarimiz davlat kutubxonasidan ayri holda, turli qoğozbozlikdan xoli, haftaning 7 kuni, 24 soat faoliyat yuritadigan xalq kutubxonasini oçibdi. Kutubxona Boku şahrining Xoqoniy köçasida, soya-salqinda joylaşgan. Xiyobonda kitob javonlari örnatilgan. Öqiş va muloqot uçun qulay kursilar joylaştirilgan. Keçasi fonus yoruğida mutolaa qiliş mumkin.
“Men öqidim, sen ham öqi” şiori ostida faoliyat yurituvçi bu mö'jaz ziyo maskaniga Ozarboyjon milliy kutubxonasi dastlab 1500 kitob taqdim etgan. Hozirda kitoblar soni 4000 ga yetibdi.
Kutubxonadagi turli mavzulardagi kitoblarni istalgan payt borib öqiş, uyga vaqtinça yoki doimiy olib ketiş mumkin. Uyga oliş uçun siz ham kutubxonaga bir kitob taqdim etişingiz kerak. Şuningdek, öqib bölingan kitoblarni ham oçiq kutubxona fondiga hadya qiliş mumkin.
Bu maskanda mualliflar, olim va yozuvçilar bilan uçraşuvlar ötkazilib, imzo kunlari taşkil etilar ekan.
Menimça, bizda ham bu loyihani qöllab körsa böladi. Hozir aksar taraqqiy etgan davlatlarda xalqni bosma kitoblar öqişga qaytariş maqsadida mana şunday bukkrossing harakati kengaymoqda.
Bizga kitoblar şahri kerakmi?
Sönggi yillarda yurtimizda katta kitob majmualarining oçilişi barçani quvontirmoqda. Mana şu kitob dökonlarini sifatli va kerakli adabiyotlar bilan töldiriş davr talabidir. Kitobxon dökonga kirib adaşib qolişi kerak, kunlab qolib ketişi kerak, kerakli barça adabiyotlarni topa olişi şart. Avvallari çoyxonalar jamiyatning kitobga bölgan ehtiyojini ham qondiradigan maskan bölgan ekan. Aynan çoyxonalarda navoiyxonlik, bedilxonlik, sa'diyxonliklar bölganini manbalarda köp öqiymiz. Hozirgi zamonaviy kitobxonalarga boriş ham aholining kundalik hayot tarziga aylanişi kerak.
AQŞning Portlend şahriga borganimda “Powell’s kitoblar şahri” deb nomlanuvçi majmuani körib, hayratlangandim. Butun bir kvartalni egallagan, 3 qavatdan iborat uşbu ziyo saltanati AQŞdagi eng katta kitob dökonidir. “The Washington Post” gazetasining yozişiça, “Powell’s kitoblar şahri” ingliz dunyosidagi eng yaxşi va eng katta kitob dökonlaridan biridir. Bu yerdan istalgan mavzudagi yangi va eski kitoblarni topiş mumkin. Istalgan kitobni olib, şu yerning özida xohlagança öqiş mumkin.
Dökonda 4 milliondan ortiq kitob sotiladi, kuniga 3000 eski kitob sotib olinadi. Kitoblar mavzusiga köra, 9 ta zal, 3500 ta bölimga ajratilgan. Har bir zalda kitobni elektron tarzda qidiriş uçun kompyuterlar örnatilgan. Telefonlar uçun ham maxsus ilova dasturi mavjud bölib, u orqali ma'lum kitobni qaysi bölimdan topişni aniqlaş mumkin. 50 nafardan ortiq xizmatçilar sizga kitob topişda yordam berişadi. Dökonni aylanib çiqişga yarim kun ketdi, şunda ham barça bölimlar bilan tanişib çiqişga imkon bölmadi. Asosiy va özimga qiziq bölgan bölimlarni körib çiqdim.
Islom bölimida 1000 ga yaqin kitob mavjud. Bölimda Imom Termiziy rivoyat qilgan uşbu hadis yozib qöyilgan: “Agar siz faqirlarni sevsangiz va ular bilan yaqin bölsangiz, Qiyomat kuni Alloh ham sizni Öziga yaqin qiladi” (1376-hadis ma'nosi). Jaloliddin Rumiy uçun ham alohida bölim ajratilgan. Sayohatlar bölimidan Özbekiston haqida ham uçta kitob topdim. Luğatşunoslik, ensiklopediyalar, bolalar uçun kitoblar bölimida köproq qoldim. Bolalarning intellektual şakllanişi uçun ajoyib kitoblar mavjud ekan.
Ba'zi kitoblar ikki xil: arzon va qimmat variantda çop etilarkan. Qimmatroq variantining muqovasi qattiq, yaltiroq, qoğoz sifati ham a'lo. Arzonroq variantdagi kitobning muqovasi yumşoq, qoğozi sariq, lekin hamyonbop — qimmat versiyadan 2 barobar arzon. Bizdagi naşriyotlar ham uşbu tajribani amalda qöllab körişsa, kitobxonlikni rivojlantirişga yana bir turtki bölardi.
«Bir mamlakat — bir kitob»: hatto qamoqxonalarda ham öqişmoqda
Yaqinda Qozoğiston Respublikasining poytaxti Ostona şahrida «Öqiyotgan dunyoda kitobxon millat» xalqaro simpoziumida iştirok etdim. Butun dunyodan 400 nafar ziyolilarni jamlagan uşbu anjumanda «Mutolaa va tafakkur», «Bolalar va yoşlar orasida kitobxonlikni tarğib etiş», «Biz nega öqiymiz?» kabi mavzularda qiziqarli ma'ruzalar, «Milliy axborot siyosati va xalqaro hamkorlik jarayonida milliy kutubxonalar», «Kutubxonalar va muzeylar: ularning jamiyatdagi roli», «Bolalar adabiyoti va zamonaviy ta'lim: tendensiyalar va istiqbollar», «Jahon axborot tarmoğidagi manbalar integratsiyasi» mavzularida muhokamalar bölib ötdi.
Qozoğiston Respublikasi Milliy akademik kutubxonasi direktori örinbosari Aliya Kojabekovaning aytişiça, Qozoğistonda 2007 yildan beri «Bir mamlakat — bir kitob» aksiyasi muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda ekan. Bunda bir yil davomida butun mamlakat böyiça bitta kitob tarğib qilinadi va hamma öşa kitobni öqiydi, muhokama qiladi. Abaydan boşlangan loyiha orqali 11 yildan beri qozoq ziyolilari asarlari xalqqa tanitib borilmoqda. Yozuvçi-şoirlar, olimlar, jamoat arboblaridan iborat komissiya har yili öqiladigan muallif va uning kitobini belgilab beradi. Dastlabki yili bu loyihada 70000 kişi iştirok etgan bölsa, sönggi yilda 3 million kişi qatnaşibdi.
— Informatsion qamrov kuçaygan zamonda bunga osonlikça erişib bölmaydi, — deydi Aliya Kojabekova, — Mamlakatdagi har bir kutubxona yil kitobini tarğib etişga hissa qöşmoqda. Turli konferensiya, tadbirlar, ma'ruzalar, tok-şoular, teatr postanovkalari, tanlovlar taşkil etamiz. Asarning elektron versiyasini turli formatlarda (matnli, ovozli) tayyorlaymiz. Maxsus mobil ilova taşkil etganmiz. Şahardagi barça avtobus bekatlarida ilova QR-kodlarini joylaştirganmiz. Respublika radiosida har hafta 1 soat jonli efirda kitobxonlikni tarğib qilamiz. Yil kitobi böyiça fleşmoblar ötkazamiz. Dastlabki yillari bu aksiya faqat kutubxonalar doirasida bölgan edi. Hozir uning qamrovi butun mamlakatga yoyildi. Hatto qamoqxonalarda ham öqişmoqda.
Öziborar kutubxona
Menga Rossiya Federatsiyasining Saxa Respublikasi milliy kutubxonasi taşkil etgan «adabiy piknik» tajribasi ham ma'qul keldi. Kutubxona direktori örinbosari Mariya Andreyevaning aytişiça, respublikaning köp hududlarida internet mavjud emasligi sababli kutubxonalarga ehtiyoj katta. “Adabiy piknik” loyihasi orqali ular ulus(tuman)lardagi qişloqlarga köçma kutubxonalarni olib borib, adabiy tadbirlar ötkazişmoqda ekan.
— Oçiq osmon ostidagi kitob muzeyida öquvçilar orasida eng yaxşi kitobxon, eng yaxşi yoş şoir, yozuvçi va tarjimonlar tanlovlarini, yangi kitoblar taqdimotini, asarlar muhokamasini ötkazamiz. Yana respublikamiz ziyolilari, davlat va jamoat arboblari tomonidan öqilişi şart bölgan 100 ta kitob röyxati tuzib çiqilgan. Uşbu kitoblarning barçasi elektronlaştirilgan va kutubxonamiz saytida taqdim etilgan. Hozirda Saxa Respublikasi Rossiyadagi eng kitobxon regionlar beşligiga kiradi, — deydi Mariya Andreyeva.
Eng kitobxon şahar böliş sari
Astananing diqqatga sazovor joylari va deyarli barça transport bekatlarida «Astana – Bilimland» onlayn-loyihasi ijtimoiy reklamasini körib quvondim. Bu loyiha «WikiBilim» fondi tomonidan Astana şahri hokimiyati kömagida amalga oşirilayotgan bölib, qozoq tilidagi barça adabiy va ilmiy adabiyotlarni elektronlaştirib, xalqqa bepul taqdim etişni maqsad qilgan.
Hozirda 10000 dan ortiq kitob (1500 audiokitob, 400 audioertak) raqamlaştirilib, E-PUB formatda tayyorlanibdi. 150000 söz va birikmalardan iborat qozoq tili universal luğati ham loyihaga biriktirilgan. Asar mualliflari va huquq egalari bilan uni bepul havola etiş böyiça kelişuvlar olib borilmoqda ekan.
Loyiha taşkilotçilarining aytişiça, «Astana – Bilimland» xizmatidan foydalaniş uçun internetga ulangan mobil qurilma bölsa kifoya. Bekatlardagi bannerlarda joylaşgan QR-kodni faollaştiriş orqali kitobni telefonga saqlab oliş mumkin. Şuningdek, mobil ilovani örnatib, kitoblarni audio formatda eşitiş va internet yöq bölgan paytda ham foydalaniş mumkin.
Yoşlar kitob öqimay qöydimi?
Köpinça katta avlod vakillaridan “yoşlar kitob öqimay qöydi” degan tanbehni eşitamiz. Yaqinda bosma kitoblarni elektron kitoblardan judayam qizğonuvçi bir ziyoli akamiz e'tirof etib qoldi: “Metroda, avtobusda yoşlar telefoniga termulib, nuqul öyin öynaydi, deb öylarkanman. Keyin kuzata boşladim. Telefonida kitob öqib ketadigan yoşlar ham köp ekan”.
Ba'zi katta yoşli ziyolilar orasida internet va elektron kitoblardan hayiqiş hali ham mavjud. Mutolaaning şakli özgangani bilan sifati özgargani yöq. Aksinça, keyingi yillarda informatsiya miqdori keskin ortib, mutolaa ham ortayotganini statistika körsatmoqda. Dunyodagi eng katta kitob sotuvçi kompaniya — Amazonning xabar berişiça, hozirda dunyoda bestseller bölgan kitoblarning 25 foizi hali naşriyotlar tomonidan çop etilmasdan turib mualliflar bevosita internetga joylagan asarlardir. Avval internetda maşhur bölgan kitoblar bosma holida ham çop etilib, bestseller bölmoqda. Dunyoda kitobi eng köp sotilgan mualliflardan biri Paulo Koelo ta'kidlaganidek, “Kitoblarimning internetda elektron versiyasi tarqatilişi ularning bosma naşrini bestseller qildi”.
Bundan ikki yil avval Android tizimida işlovçi telefonlar uçun naşriyotlarning yangi çiqqan kitoblarini sotib olib, öqişga möljallangan Kitobim mobil-ilovasini çiqargandik. Avvaliga rosa ikkilandik. Yoşlar elektron kitobni sotib olişmasa kerak deb hadikka tuşdik. Ma'lum böldiki, Özbekistonda elektron kitoblarni sotib olib, öqiş an'anasi şakllanibdi. Albatta, bu borada hali hal qilişimiz kerak bölgan işlar oldinda.
Özbek tilidagi birinçi elektron kutubxona – www.ziyouz.com 2004 yili taşkil etilgan bölib, hozirda portalda 9000 dan ortiq elektron kitoblar mavjud. Ularning köp qismi noyob naşrlardir. 2016 yili Ziyouz portaliga 3,5 million kişi taşrif buyurdi, kitob va maqolalar 20 million marta öqildi. Android telefonlari uçun ham 20 dan ortiq kitob ilovalari çiqarilgan. Ularning har birini 50000 dan ortiq foydalanuvçi köçirib olgan.
Ziyouz portali tomonidan kitobxonlikni tarğib etiş böyiça bir qança amaliy işlar qilindi. Portalda doimiy ravişda kitoblar tarğibot qilinadi, maşhur kişilarning kitob mutolaasi böyiça tavsiyalari berib boriladi. Yaqinda “Ziyolilar: kim nima öqiyapti?” deb nomlangan sörovnoma ötkazdik. Yurtimiz ziyolilaridan ayni kunlarda qanday kitob öqiyotgani söraldi va 120 dan ziyod javob olindi. Atoqli olimlar, yozuvçi-şoirlar, adabiyot va boşqa soha vakillari – millatimiz ziyolilarining javobini yoşlarga taqdim etdik. Endi “Yoşlar nima öqimoqda?” deb nomlangan sörovnoma ötkazmoqçimiz.
Yoşlar öqiyapti! Elektronmi, bosma kitobmi, muhimi — mutolaadan çekinmasak bölgani! Şundagina eng kitobxon millatlardan biriga aylanişimiz muqarrar!
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi