"Kasperskiy labaratoriyasi" AQŞ hukumatiga kompaniya tomonidan işlab çiqarilayotgan dasturlar kodini taqdim etişga rozi. Bu haqida "Kasperskiy labaratoriyasi" rahbari Yevgeniy Kasperskiy Associated Press'ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Agentlik suhbatdoşi kompaniya Kreml bilan boğliq gap-sözlarga çek qöyiş uçun şunga rozi bölganini ta'kidladi. "Agar Qöşma Ştatlarga kerak bölsa, biz kod bilan bölişişimiz mumkin. Men biz qonun doirasida harakat qilayotganimizni isbotlaş uçun hamma narsaga tayyorman", - deya ta'kidladi Kasperskiy. U şuningdek AQŞ kongressi oldida çiqiş qilişga ham tayyorligini qayd etgan.
Ta'kidlaş joizki, "Kasperskiy labaratoriyasi" bir neça bor Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqadorlikda gumon qilingan. Şu bilan birga kompaniya dasturlari, ayniqsa antiviruslari AQŞda maşhur. AP'da ta'kidlanişiça, Kasperskiyning Rossiya hukumati bilan aloqadorligi isbot qilinmagan.













