Qatar Xalqaro dengiz taşkilotiga (IMO) rasmiy Dohaga qator çeklovlar örnatgan arab davlatlari ustidan şikoyat qildi. Bu haqda QNA axborot agentligi xabar tarqatdi.
Qatar Transport va aloqalar vaziri Jasim as-Sulatiy IMO boş kotibi Kitaku Limaga arab davlatlari Qatarning dengizdagi xavfsizligiga rioya etmayotgani yuzasidan bildirişnoma yöllagan.
5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Misr, Yaman, Liviyaning muvaqqat hukumati, Maldiv Respublikasi va Mavrikiy Respublikasi Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzganini ma'lum qildi. Bu davlatlar rasmiy Dohani terrorizmni qöllab-quvvatlaş va arab davlatlarining içki işlariga aralaşişda aybladi.
Keyinroq bu davlatlar qatoriga Mavritaniya va Komor orollari qöşildi, Iordaniya va Jibuti esa bu mamlakat bilan diplomatik munosabatlar darajasini pasaytirdi.
Saudiya Arabistoni, BAA, Misr va Bahrayn Qatarga 13ta talabdan iborat röyxatni yölladi va bu talablar 10 kun içida bajarilsa, sanksiyalar bekor qilinişi bildirildi. Keyinroq bu muddat yana 2 kunga uzaytirilgan.













