Madridning «Real» klubi hujumçisi Alvaro Morataning agenti Xuanma Lopes 3 iyul kuni mijozi bilan birga «Qirollik klubi» rahbarlari bilan uçraşgan, deb yozmoqda As.
Manba bergan xabarga köra, agent Ispaniya terma jamoasi hujumçisiga «Mançester Yunayted»dan bölgan taklif bilan ularni taniştirgan. Ammo tomonlar hozirça bir töxtamga kela olişmagan. «Qaymoqranglilar» öz futbolçisi uçun 80 mln yevrodan köproq işlab olişni istamoqda. Mankunianlar esa bundan ortiq pul berişni istaşmayapti.
Eslatib ötamiz, oldinroq, «Real» boş murabbiyi Zayniddin Zidan Alvaro Morata özining rejalarida borligini aytgandi, biroq hujumçi köproq öyin amaliyotiga ega böliş uçun boşqa jamoaga ötiş uçun qat'iy qaror qilgan.











