Samsung Galaxy Note 7 fabletining «FE» qöşimçali qayta işlangan versiyasi işlab çiqaruvçi tomonidan rasman namoyiş etildi va sotuvga çiqarişga tayyorlanmoqda. Hi-Tech şu haqidagi xabari bilan bölişdi.
Nima özgardi?
Qayta işlangan qurilmaning asosiy tafovutlaridan biri - uning batareyasi. Kutilmagan portlaşlar sababi ham aynan şu batareya bölgan, şu tufayli Samsung fabletning birinçi versiyasini bozordan qaytib olişga majbur bölgan. Yangi Fan Edition batareyasi 3200 mAs siğimli bölib, avvalgisidan (3500 mAs) 8,5 foizga kamroq. Şunisi diqqatga sazovorki, har bir qurilmadagi batareya sakkiz bosqiçli xavfsizlik tekşiruvidan ötgan - şu tariqa işlab çiqaruvçi yangilangan Note 7 sifatiga kafolat bermoqda.
Nima özgarmadi?
Galaxy Note 7 (FE) 5,7 dyuymli Super AMOLED displeyi (1440x2560) bilan ta'minlangan. Qurilma tört yadroli protsessorli Snapdragon 821 çipseti, şuningdek Adreno 530 grafik protsessor va 4 Gb/64 Gb xotiraga ega. Barmoq izlari skaneri setçatka kabi old panelda joylaşgan, qurilma IP68 standarti böyiça suvdan himoyalangan. Şuningdek fablet stilus bilan birga taqdim etilgan.
Galaxy Note 7 FE flagmani Bixby ovozli assistentiga ega, lekin unga alohida tugma belgilanmagan.
Çiqiş sanasi va narx
Samsung Galaxy Note 7 Fan Edition (FE) rasman 7 iyuldan sotuvga çiqadi. Narxi - taxminan 610 dollar. Kompaniya 400 ming fablet işlab çiqarişni rejalaştirgan, zero kuzda kompaniyaning yangi qurilmasi Samsung Galaxy Note 8 namoyiş etiladi. Smartfon qora, kök, tillarang va kumuşrang variantlarda taqdim etiladi.












