Bitkoin (Bitcoin) korrektsiyasi poyoniga yetgani yöq va kriptovalyuta kötariliş avvalidan kuzatiladigan tuşiş çoğida 1857 dollargaça qadrini yöqotişi mumkin. Biroq, şundan keyin, u 4000 dollargaça ösadi, degan Goldman Sachs texnik strategiyalar menejyeri Şeb Ja'fariy. Elliottning tölqinli nazariyasiga asoslangan Ja'fariyning ta'kidlaşiça, kriptovalyuta korrektsiyani boşidan keçirmoqda, ammo keyinçalik, kriptovalyuta rekord körsatkiçlarga erişadi.
«Hozirgi raqamlardan kelib çiqqan holda aytiş mumkinki, eng quyi manzil — 3212 dollar, — deb yozadi Ja'fariy. — 3915 dollarlik körsatkiçga yetiş salohiyati bor. Albatta, buning uçun biroz vaqt kerak».
Şu kunlarda bitkoinning bozor kapitallaşuvi 42 mlrd dollarni taşkil etmoqda. Agar, Ja'fariy prognozi töğri çiqsa, kriptovalyuta bozor kapitallaşuvi 60 mlrd dollardan oşib ketadi. Bitkoin kursi yil boşidan beri 150 foizga ösdi.
Şu bilan birga, ta'kidlaş joiz, sönggi haftalarda kriptovalyuta barqaror emas — 11 iyun kuni uning qiymati tarixiy rekordni (3025 dollar) qayd etdi. Biroq, bir hafta içida 800 dollarga arzonlaşib, 2185 dollarga yetgan edi.










