4 iyul kuni Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida yiğiliş ötkazildi. Bu haqida ÖzAda xabar berildi.
Unda Vazirlar Mahkamasining Kommunal xizmatlar, transport, kapital quriliş va quriliş industriyasi masalalari kompleksi hamda Iqtisodiy rivojlantiriş, tarkibiy özgartirişlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimini isloh qiliş, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari kompleksi rahbarlari bilan birga, uşbu komplekslar tarkibiga kiruvçi vazirlik va idoralar rahbarlarining joriy yil birinçi yarim yilligi yakunlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etiş çoralari, şuningdek, ikkinçi yarim yillikdagi dolzarb vazifalar töğrisidagi hisobotlari tinglandi va har tomonlama, atrofliça muhokama qilindi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev ötgan davr mobaynida mazkur komplekslar tarkibiga kiruvçi sohalar böyiça muayyan natija va marralarga erişilgan bölsa-da, xotirjamlikka berilmasdan, hali yeçimini kutayotgan masalalarni tahlil qiliş, mavjud rezerv va imkoniyatlarni töliq işga soliş çoralarini işlab çiqişga asosiy e'tibor qaratiş zarurligini ta'kidladi.
Davlatimiz rahbari joriy yil birinçi yarim yilligida yangidan yoki qayta taşkil etilgan vazirlik va idoralar faoliyatini samarali yölga qöyiş masalalariga alohida töxtalib, bu borada Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi, Davlat investitsiyalar qömitasi, Kiçik tadbirkorlikni rivojlantiriş Kafolat jamğarmasi rahbarlari tomonidan jiddiy kamçiliklarga yöl qöyilganini qayd etdi. Uşbu vazirlik va idoralar rahbarlari oldiga qisqa muddatda mavjud böş örinlarga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etiş, qonun hujjatlari bilan belgilab berilgan asosiy vazifa va funksiyalarni töliq va sifatli bajarişni ta'minlaş yuzasidan barça zarur çoralarni köriş yuklatildi.
Kommunal xizmatlar, transport, kapital quriliş va quriliş industriyasi masalalari kompleksi tarkibidagi ayrim idoralar, jumladan, Davlat arxitektura va quriliş qömitasi, “Özqurilişmateriallari”, “Özmontajmaxsusquriliş”, “Özşaharquriliş invest” kompaniyalari, Respublika yöl jamğarmasi, “Qişloq quriliş bank”i va “Ipoteka-bank” tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil ötgan davrida mamlakatimiz hududlari böylab amalga oşirgan taşriflari va uçraşuvlarda berilgan topşiriqlar ijrosini ta'minlaşda yöl qöyilgan har bir kamçilik va nuqson tanqidiy tahlil qilinib, uşbu idoralar rahbarlari jiddiy ogohlantirildi. Avtomobil va daryo transporti agentligi rahbari egallab turgan lavozimiga noloyiq ekani qayd etilib, uşbu tizimni tubdan qayta körib çiqiş lozimligi ta'kidlandi. Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari, Davlat soliq qömitasi iş faoliyati ham qoniqarsiz. Iqtisodiyot kompleksining sobiq rahbarlari iqtisodiy majmua işini muvofiqlaştira olmagan, viloyat, tuman va şahar darajasidagi idoralar işini öz holiga taşlab qöygan.













