Şveytsariyalik tennisçi Rojyer Federer Uimbldon musobaqasi tarixiga kirdi. Tennisçi 4 iyulda musobaqaning birinçi davrasida ukrainalik Aleksandr Dolgopolov ustidan 6:3, 3:0 hisobida ğalaba qozondi. Şu tariqa, maşhur sportçi London kortlaridagi 85-ğalabasini qölga kiritdi.

Avvalgi rekord natija 1982 yildan beri yangilanmay kelinayotgandi: amerikalik Jimmi Konnors 1974 yildan 1982 yilgaça bölgan davr içida musobaqada 84 marta ğalaba qozongan.

Musobaqa 16 iyulda yakunlanadi.