Germaniyaning Volkswagen konserni bir neça yillar mobaynida Fransiyadagi savdolari hajmini oşirib körsatgan. Der Spiegel naşrining yozişiça, kompaniya umumiy hisobda 800 mingga yaqin avtomobil sotilganini qöşib yozgan.
Germaniyada çop etiluvçi naşrga köra, savdolar hajmi bevosita VW kompaniyasining Fransiyadagi vakolatxonasi tomonidan oşirib körsatilgan. Firma hisobotlarini tekşirgan auditorlar esa “yolğonning misi”ni çiqarişdi.
Avtomobillarning katta qismi Volkswagen hujjatlarida sotuv qayd etilganidan oylar va yillar ötgaç hisobga qöyilgan. Boşqaça aytganda hisobotlarda ança keçroq yetkazib berilgan maşinalar ham qayd etilgan.
Bunday avtomaşinalar orasida VW modellari qatori «Şkoda», Audi va Seat avtomobillari ham bölgan.
Reuters agentligiga köra, konsern rahbari Mattias Myuller 2017 yil aprelida kompaniyaning içki tekşiruvi natijalari böyiça hisobotni olgan. Şundan söng, Fransiyadagi vakolatxona rahbari Jak Rivoal işdan böşatilgan. Kompaniyaning strategik masalalar böyiça rahbariyati va Fransiyadagi bölim örtasidagi kelişmovçilik bunga sabab sifatida körsatilgan edi.
2017 yil yanvarida Volkswagen kompaniyasi 2016 yil yakunlariga köra, eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasi maqomini qölga kiritdi. Rasmiy statistika ma'lumotlariga muvofiq, kompaniya bir yilda 10 mln 312 ming 400 dona avtomobil sota olgan. Kontsernning deyarli barça brendlari ösişni qayd etgan.












