Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 iyunda qabul qilingan 449-son qaroriga muvofiq, «Birjadan taşqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qiliş va sotiş operatsiyalarini ötkaziş tartibi töğrisida»gi Nizomga özgartirişlar kiritildi. 

«Kommersant.uz» xabar berişiça, bundan buyon birjadan taşqari valyuta bozoridagi operatsiyalar vakolatli banklar tomonidan töğridan-töğri şartnomalar asosida bozor kursi böyiça amalga oşiriladi. 

Hozirça «Kun.uz» bu ma'lumotni tasdiqlaşini sörab tegişli muassasalarga qilgan murojaatlari javobsiz qolmoqda.

Ma'lumot uçun, şu paytga qadar Nizomning 43- bandida «Birjadan taşqari valyuta bozoridagi operatsiyalar sönggi banklararo savdo sessiyasida xorijiy valyutaga bölgan talab va taklif asosida şakllanadigan erkin kurs böyiça amalga oşiriladi» deb belgilangan edi.