Rossiya banki tomondan dollarning 7  iyulga örnatilgan rasmiy kursi 60,25 rublni taşkil qilmoqda. Kurs 60 tiyindan köproqqa oşirilgan. Yevro esa 71 tiyinga oşirilib, 68,38 rublni taşkil qilgan.

Moskva birjasida dollar mahalliy vaqt bilan soat 14:20da 60,07 rubl, yevro esa 68,28 rubl turgan. 

Rubl neft narxi özgarişi ortida kuçsizlanmoqda. Brent navidagi neft narxi 48,55 dollarni taşkil qilmoqda, 5 iyulda savdolar boşlanişi vaqtida uning narxi 49,73 dollar turgan.

6 iyulda Bank of America Merrill Lynch bankining Rossiya böyiça boş iqtisodiyotçisi Vladimir Osakovskiy 2017 yil oxiriga kelib dollar 60 rublni, yevro 65 rublni taşkil qilişini aytgan. 

2 kun avval esa Rayffayzenbank 3-çorak oxirida dollar kursi 65 rublgaça oşişi haqidagi prognozni çiqargan. "Tserix Kepital Menedjment" ham kuzga kelib dollar 62-65 rublgaça qimmatlaşişi mumkinligini aytgan.