Rossiya prezidenti Vladimir Putin, GFR kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron iştirokida Hamburgdagi «Atlantik» mehmonxonasida uçraşuv bölib ötdi.
Yetakçilarning suhbati işçi nonuşta dasturxoni atrofida bölib ötdi va ular «yigirmatalik» muammolari, Ukrainadagi vaziyatni tartibga solişga urğu bergan holda xalqaro kun tartibida turgan masalalar haqida fikr almaşişdi.
Rossiya, Fransiya va Germaniya yetakçilari Ukraina şarqida öt oçişni töxtatiş rejimiga rioya qilişning muhimligini tasdiqlaşdi.
Ukraina inqirozini hal etiş turli formatdagi muzokaralar, xususan Rossiya, Germaniya, Fransiya va Ukraina iştirokidagi «Normand formati» doirasida ham körib çiqilmoqda. Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Putin, Makron va Merkelning Hamburgdagi suhbatida iştirok etmadi. Çunki Ukraina Hamburgda ötayotgan G20 sammitiga maxsus taklif etilgan davlatlar röyxatiga kiritilmagan.
BMTning sönggi ma'lumotlariga köra, Ukraina şarqida röy berayotgan qurolli mojarolar oqibatida qurbon bölganlar soni 10 mingdan oşgan. Donbassdagi vaziyatni tinç yöl bilan hal etiş Minsk muzokara guruhi uçraşuvlari doirasida ham muhokama etilmoqda. Guruh 2014 yil sentabridan buyon mojaroni tinçlantirişni tartibga soliş borasida uçta hujjatni qabul qilgan. Biroq mojarolaşayotgan tomonlar sulh haqidagi bitimlar imzolanganidan söng baribir otişmalarni davom ettirişmoqda.












