Kareramiz haqida boş qotiriş, moliyaviy reja tuziş, salomatlik borasida qayğuriş, yangi könikma hosil qiliş - bularning bari odatda uzoq muddatli rejalarimizga boğliq muhim işlar hisoblanadi. Biroq nima uçundir biz ularni doim orqaga suraveramiz. "Layfxaker" şu mavzudagi maqolasi bilan bölişdi.

 

1. Biz eng samarali vaqtimizdan notöğri foydalanamiz

Aksariyatimiz uçun samaradorlik çöqqisi ertalabki vaqtga töğir keladi, ammo, afsuski, biz undan kamdan-kam hollardagina töğri foydalanamiz. Buning örniga biz poçtani tekşiramiz, kundalik işlar röyxatini tuzamiz yoki majlisga şoşamiz. Vaholanki, ertalabki vaqtni köproq energetik kuç-quvvat talab qiluvçi işlarga (masalan, rejalaştiriş yoki hisob-kitob) sarflagan ma'qul.

 

2. Bizga rivojlaniş hissini beruvçi işlarni afzal köramiz

15 ta u qadar muhim bölmagan xatga javob yozganimizda, natija ayon - 15 ta yöllangan javob. Bizga ötgan vaqt samaralidek tuyuladi. Biroq agar biz bir soat davomida nima haqidadir boş qotirsak-da, bundan natija bölmasa, özimizni heç narsa qilmagandek his qilamiz.

Bajarilişi oson bölgan mayda işlar bizga zavq bağişlaydi. Şunday ekan, nima uçun katta maqsadlar ustida işlaşni soddalaştirmaymiz?

Uzoq muddatli maqsadlaringizni mayda qadamlarga taqsimlang, söngra qilingan har bir işni belgilab boring, şunda rivojlanayotganingizni sezasiz va zavq olasiz.

 

3. Ilhom kelişini kutamiz

Biror muhim işni bajarmoqçi bölsangiz, şunçaki reja tuzing va işga kirişing. Hatto ijodiy sohada işlasangiz ham, ilhom kelişini kutib ötirmang. Vaqt ajrating va işga kirişing.

 

4. Ortiqça vaqt oladigan işlar bilan band bölamiz