Toşkentning «Paxtakor» klubi joriy mavsumning ikkinçi davrasida va keyingi mavsumda şahardagi boşqa stadionda, «Bunyodkor»ning avvalgi uy stadioni bölmiş «Jar» stadionidan ijara asosida foydalanadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bergan.
Ma'lum qilinişiça, toşkentliklar jamoasi foydalanişi uçun asosiy stadion, maşğulot maydoni va bino bir yarim yil muddatga ijaraga olindi. Şartnoma muddati 2018 yil oxirigaça amal qiladi.
Hozirça asosiy jamoa maşğulotlari «Jar» stadionida ötkaziladi.
Eslatib ötamiz, «Paxtakor»ning yangi xöjayinlari hozirgi stadionni töla qaytadan qurişni rejalaştirgan.












