
FOTO: Xitoyning Gulanyuy orolidagi obektlar
Polşaning Krakov şahrida 41-sessiyasini ötkazgan YuNeSKOning Butunjahon merosi qömitasi Osiyo qit'asidagi uç obektni Butunjahon merosi röyxatiga qöşgan. Bu haqda taşkilotning Twitter’dagi sahifasida ma'lum qilingan.
Endi bu röyxatdan Hindiston ğarbidagi Ahmadobod şahrining eski şahar qismi örin oldi. U eski içki köçalar atrofidagi barpo etilgan va darvozalari qulflanuvçi mahallalar labirintlari bilan e'tibor qozongan. Har bir mahalla alohida qal'adan iborat. Hindistonda bunday obektlar soni endi 36 taga yetdi.
Xitoyda Butunjahon röyxatiga mustamlakaçilik madaniyati arxitektura yodgorliklaridan iborat Gulanyuy oroli ham kiritildi. Janubiy Xitoy dengizida joylaşgan bu orolga XIX asrda yevropalik savdogarlar kelib joylaşa boşlaşadi va ular özlariga xos uylar, qasrlar, çerkovlar, şifoxonalar va dökonlar qura boşlaşadi. Hozirda bu turistlar orasida juda maşhur dargoh bölib, u yerda hatto avtomobillar qatnovi taqiqlangan. Obekt Xitoydagi 51-çisi böldi.
YuNeSKO qömitasining yana bir qarori Kambojadagi Sambor Prey Kuk ibodatxonasining kiritilişi bilan yakun topdi. Bu majmuada VI asrdan beri mavjud bir neça önlab ibodatxonalar örin olgan. 1970-yillar boşida itbodatxonalarning aksariyati bomba yoğdirilişi tufayli şakastlangan, ayrim hududlar hanuzgaça vayronaligiça qolmoqda.
Krakovdagi YuNeSKO Butunjahon merosi qömitasi sessiyasida Butunjahon merosi röyxatiga qöşiliş uçun 30 dan ortiq yangi tavsiyanomalar muhokama etilmoqda. Yangi nomzodlarni körib çiqiş bugun ham davom ettiriladi. Sessiya öz işini 12 iyul kuni yakunlaydi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda 6 ta obekt YuNeSKO Butunjahon merosi röyxatidan örin olgan. Ular: Xivadagi Içan qal'a, Buxoro şahrining tarixiy markazi, Şahrisabz şahrining tarixiy markazi, Samarqand — madaniyatlar çorrahasi, Çotqol qöriqxonasidir. Ulardan taşqari yana 30 ta obekt dastlabki röyxatga nomzod sifatida kiritilgan.











