Qatar bir oy muqaddam tört arab davlati — Saudiya Arabistoni, BAA, Misr va Bahrayn tomonidan e'lon qilingan boykotdan zarar körganlardan kompensatsiya uçun ariza qabul qiluvçi maxsus komissiya tuzdi, deb xabar qiladi «Al-Jaziyra» telekanali mamlakat boş prokurori Ali ibn Fatisga asoslanib.
«Kompensatsiyalar böyiça komissiya qamal natijasida jabr körganlardan ariza qabul qiluvçi markaziy organ böladi. Komissiyaga TIV va adliya vazirligi vakillari kiritiladi», dedi boş prokuror.
Uning sözlariga köra arizalar olingaç va örganilgaç, komissiyaning keyingi xatti-harakatlari böyiça qaror qabul qilinadi.
«Bu işlar mahalliy sudlarda ham, Qatardan taşqaridagi sudlarda ham körib çiqilişi mumkin», dedi boş prokuror.
Qatar tomonining ma'lumotlariga köra, boykot natijasida mamlakatning mingdan ziyod fuqarosi va xorijliklar jabr körgan.
Boykot nafaqat diplomatik munosabatlarga çek qöyiş, şuningdek, barça turdagi transport aloqalarini uzişni va boykot e'lon qilgan davlatlardan Qatar fuqarolarini çiqarib yuborişni ham nazarda tutadi. Şunday qilib, nafaqat işbilarmonlar, şuningdek xorijda öqiyotgan talabalar va aralaş oilalar ham jabr körgan.
Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn iyun oyi boşida Doha bilan diplomatik aloqalar hamda har qanday hamkorlikni uzib, Qatarni terrorçilikni qöllab-quvvatlaş hamda arab davlatlarining içki işlariga aralaşuvda ayblab çiqqan edi. Keyinroq arab davlatlari Qatarga ultimatum e'lon qilişgan va 10 kun içida qöşnilarning talabiga köniş şartini qöyişgan.
Ultimatum 13ta talabdan iborat edi, ularning orasida Eron bilan diplomatik va harbiy aloqalar darajasini pasaytiriş, Turkiya harbiy bazasini yopiş, terrorçilik taşkilotlarini moliyalaştirişni bas qiliş, arab davlatlarining içki işiga aralaşmaslik, qöşnilarning muxolifat arboblarini qöllab-quvvatlamaslik, şuningdek, «Al-Jaziyra» sun'iy yöldoşli telekanalini butunlay yopiş talablari bor edi.
Qatar bu talablarni rad etib, uni bajarib bölmas, deb atagan.













