Italiyaning Ferrari kompaniyasi krossover işlab çiqarişni rejalaştirmoqda. Car jurnali ma'lumotiga köra, noodatiy model 2021 yila paydo böladi va gibrid motoriga ega böladi.
Bu borada maxsus maqola çop etgan Car naşri Maranellodagi manbalariga asoslangan. Unga köra, avtomobil şartli ravişda F16X deb nomlanmoqda. Kompaniyaga köra, bu krossover yoki yöltanlamas bölmaydi. Naşr suhbatdoşlarining sözlariga köra, Italiya kompaniyasi «beş eşikli baland kupe» işlab çiqaradi.
Yangi maşina GTC4 Lusso örniga keluvçi maşina platformasida yiğiladi. Krossoverga uning töliq uzatmali tizimi ham olinadi. Şunga qaramay, F16X ölçamlari böyiça birmunça baland böladi.

Ferrari F16X ehtimoliy taşqi körinişi
E'tiborli jihati şundaki, krossoverning orqa eşiklari harakat yönalişiga qarşi tarafga oçiladi va uning markaziy ustunlari bölmaydi.
Kapoti ostida 8 silindrli motor yoki benzin-elektrli gibrid qurilma joylanişi taxmin qilinmoqda. Car jurnaliga köra, V12 dvigateli bu maşaniga örnatilmaydi.
Şu bilan birga, uning taxminiy narxi ham ma'lum. Ferrari krossoveri 350 ming dollar atrofida sotilişi mumkin. Kompaniya yangi model yordamida mahsulotlar savdosi hajmini yiliga 16 ming donaga yetkazişni rejalaştirmoqda.












