Internetda Apple’ning yangi qurilmasi törtta rangda çiqarilişi haqida miş-mişlar paydo böldi, ular orasida yangi dizayn ham bor – şişalisi.
Yangi dizaynerlik qarori haqidagi ma'lumot Veniamin Geskinning tvitterdagi sahifasida paydo böldi. Mutaxassis iPhone 6s’ning şişali korpusidagi fotosuratini taqdim etdi hamda iPhone 8’ning törtinçi “ranggi” şunday bölişini ta'kidlab ötdi.
Ayni damda iPhone 7 oltita rangda sotilmoqda: oniks, qora, kumuş rang, tilla, puşti tilla rang va qizil.
Avvalroq iPhone 8’dagi displey diagonali 5,8 dyuymga teng bölişi, şu bilan birga, qurilmaning hajmi iPhone 7’dan katta bölmasligi ma'lum qilingandi.
Yangilik bozorga ikki variantda – 64 va 256 Gbayt içki xotira bilan çiqariladi.
Black or Silver Mirror pic.twitter.com/gdIaKdBOjt
— Benjamin Geskin (@VenyaGeskin1) July 8, 2017











