Kiyev şahriga taşrif bilan kelgan NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Ukrainaga alyans bilan yanada qalin hamkorlik haqida va'da berdi. Şuningdek, u uşbu davlat qurolli kuçlarini qöllab-quvvatlaş haqida ham gapirgan.
«NATO Ukrainaning suvereniteti, hududiy yaxlitligi, demokratik institutlari va qurolli kuçlarini faol qöllab-quvvatladi. NATO bundan keyin ham Ukraina bilan mudofaa, boşqaruv va iqtisodiy islohotlar masalalarida qalin hamkorlik qiladi. Bular uşbu davlatdagi barqarorlik, farovonlik va rivoj uçun juda muhim», - deya ma'lum qildi Stoltenberg «112 Ukraina» telekanali efirida.
Avvalroq NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg va Şimoliy Atlantika alyansi kengaşi a'zolari Kiyev şahriga kelişgani haqida xabar berilgandi.












