Jazirama issiq ob-havo inson hayotiga xavf tuğdiriş heç gap emas. Bunday vaqtda yurak va qon bosim kasalliklari bilan oğriganlar, homilador ayollar va bolalar, keksalar har qaçongidan ehtiyotroq bölişlari kerak. Xöş, jazirama issiqdan saqlaniş uçun nimalar qiliş lozim?

Xavfi şundan iboratki,  inson tana harorati 37.1 darajadan kötarilişi,  yoki tana haroratining 38.8 darajaga kötarilib, inson salomatligiga salbiy ta'sir etişi mumkin. Inson tana haroratining kötarilişi tananing qizarişiga va kuçli çanqoqqa sabab böladi. Keyinçalik, huşdan ketiş, nafas qisişi va yurak töxtaşiga olib kelişi mumkin.

Jazirama issiqqa tayyorgarlik çoralari

Suv zaxirasini yaratiş uçun qöşimça idişlarga suv töldirib qöying. Issiq kunga möljallangan kiyimlarni, elektr maişiy uskunalarni (ventilyator, konditsioner) tayyorlab qöying. Agar siz qişloq joylarda istiqomat qilsangiz, soyabon, şiyponlar, quduqlarlardan, şuningdek derazalar uçun qalin pardalardan foydalaning. Içimlik suvidan unumli foydalaning.

Jazirama issiq harorat ta'siridan saqlaning. Oç rangdagi, havo ötkazuvçi (iloji bölsa paxta xomaşyosidan) kiyim va boş kiyimlardan foydalaning.

Şuni unutmangki, kuygan tana qismi sovimaydi va terlamaydi. Şoşmasdan harakatlaning, iloji boriça soya joylarda bölişga harakat qiling. Issiq kunda şifokorlar bilan maslahatlaşgan holda qöşimça tuzli mahsulotlar va meva, sabzavotlardan iste'mol qiling.

Jazirama issiq natijasida oftob urganda, zudlik bilan soya joylarda saqlaning, duş qabul qiling yoki şamol bor joyga öting va asta-sekinlik bilan köproq suv iste'mol qiling. Oftob uruşidan saqlaniş maqsadida  iloji boriça badaningizni sovutişga harakat qiling.

Jazirama issiq kunda yonğin xavfi kelib çiqişi mumkinligini yodda tuting.

Issiq kunda nima qiliş kerak?

Köproq suv içiş. Töğri suv içiş tartibi organizm faoliyatini yaxşi işlaşi va suv-tuz balansini me'yorlaştirişiga qulay şaroitlar tuğdiradi. Issiq kunda suv iste'moli hajmini köpaytiriş kerak. Bunda organizmning suv tanqisligini töldiriş uçun gazlangan yoki nektar suv emas, aksinça, oddiy içimlik suvini iste'mol qiliş kerak. Surunkali kasalligi mavjud bölsa, şifokor tavsiyasiga rioya qiliş lozim.