Tezlik — bu nisbiy kattalik. Siz yöl yoqasida turgan daraxtga nisbatan, yoki Avstriyaning ayrim şaharlaridagi YHQ bandlariga köra, juda tez bölişingiz mumkin. Ammo, siz quyidagi röyxatdagi avtomobillardan birortasini boşqarib körmagan ekansiz, tezlik haqida tasavvurga ham ega emassiz. Işonavering. Demak, tanişing, umumfoydalanişdagi yöllarda uçratiş mumkin bölgan eng tez avtomobillar önligi!
 
Aston Martin One-77: 355 km/s

Buyuk Britaniyada işlab çiqariluvçi avtomobilning motor bölimida 7,3 litr hajmdagi V12 silindrli 700 ot kuçiga ega dvigatel joylangan. U 6 bosqiçli sekvental uzatmalar qutisi bilan birga işlaydi. U 3,5 soniyada soatiga 100 km tezlikka erişadi. 

Lamborghini Veneno: 355km/s

Kupe 750 ot kuçiga ega 12 silindrli, 6,5 litrlik motor va 7 bosqiçli avtomatik uzatmalar qutisi yordamida harakatlanadi. Superkar 2,8 soniyada «yuz»ga çiqadi. Maşinaning bozor narxi 7 mln yevro atrofida. 

Noble M600: 362 km/s

Britaniyaning yana bir superkari. 4,4 litrli V8 motor 650 ot kuçiga ega. Maşinada ot kuçini 450 va 550 bilan çeklovçi tugmaça ham bor. 

Zenvo ST1: 375 km/s

Orqa ğildiraklari yetakçi bölgan Zenvo ST1 superkari 7.0 litr, 8 silindrli, mexanik kuçaytirgiç va turbinali benzinli motor bilan jihozlangan. Olti bosqiçli mexanik uzatmalar qutisi bilan işlaydigan dvigatel 1430 Nm aylaniş lahzasida 1104 ot kuçiga ega böladi. 

McLaren F1: 386,4 km/s