Işdan qaytayotganimizda maşinamiz çorrahada ilkis töxtadi.

— Yuravermaysizmi, köça böm-böş-ku? — dedim haydovçiga va darhol tilimni tişladim: gapim zardaliroq çiqdi. Navbatçilikda rosa çarçagan, közim yumilib ketayotgan bölsa netay?

— Tepada kamera bor-ku, oka, — dedi şofyor xijolat bölib. — «Qizil»da ötsak, ertaga otning kallasidek jarima keladi.

Naçora! Tun qiyomidan oşgan, lekin hamma yoq sutday. Böm-böş, tep-tekis, top-toza köçalarga tariq tuşsa körinadi. Safi uzoqlarga çözilib ketgan mavzun simyoğoçlarning ikki «şoxi» göyo köçalar örtasiga osib qöyilgan marvarid şodasi. Rango-rang reklamalar jilvalangan, kamalaklar quçgan favvoralar şovullagan, entikib esayotgan şabadalar daraxtlarning yaproqlarini silab öynagan. Qadim şahar orom oğuşida. 

Öyladim. Ikki oy oldin şu haydovçi, şu mahalda, şunday hilvat köçada çiroq-piroq, avtoinspektor deganni nazar-pisand qilib, öylanib-netib ötirarmidi. Yöq! Ayniqsa, erkatoyroq farzandlarimiz. Öğildir-qizdir, qabatida öziga öxşagan tantiqça, yoningizdan öqday uçib ötadiki, ötakangiz yorilgança ortidan sökinib qolasiz: «Ha-a, boşingni yemagur!»

Omadi kelsa, manziliga yetadi. Kelmasa-çi? Kelmasa şahar içki işlar boş boşqarmasining xabarnomasidagi maş'um raqamlar — ölganlar yoki majruh bölganlar soni — yana bittaga, balki ikkitaga köpayadi. 

Köçalardan ninaning teşigidek «közlarini» uzmay turgan kuzatuv kameralari rasman işga tuşirilganiga köp bölgani yöq. Ammo gazetalarning yozişiça, dastlabki bir yarim oy içida yöllarda halok bölganlar 40,4 foizga kamaygan. Yurtimiz tarixida kutilmagan, bitilmagan özgariş. Bu önlab odamlar tirik qoldi, degani! Mayiblik-majruhlikka çap berganlar qança! 

Xudoim insof bersa, ikki-uç yilda kamera-pamerasi yöq qişloq köçalarida ham, çet-çaqadagi yaydoq yöllarda ham odobu andişa, biri-birimizga hurmat saqlab yuradigan bölamiz. Şu «bitköz» hammani huşyor torttirib, tenglaştirib qöydi. Qöli uzun ham, kaltaroq ham tartibga ena boşladi. 

Şunday umidbaxş öylar xayolimdan ötdi-yu, yana labimni tişladim. Uyaldim. Axir kameradan ham balandroqda Bir Zot hammamizni, nafaqat köça-köyda, uyda — har joyda, har soniyada bedor kuzatib, qilmişlarimizni nomai a'molimizga mos bitib, sarhisob qilib turibdi-ku?! Jonsiz kameradan, uşbu temir matohga işonib, biz, qoidabuzarlarga jarimanoma yöllaydigan avtoinspektorlardan çöçiymiz. Bu — töğri. Qonunga itoat — fuqaroning burçi. Aslida bularni yaratgan Özi-ku?.. Yaratganni unutmaganida, xabarnomalarda darj etilgan 59,6 foiz odam ham, balki tirik qolardi.