Pedagogika universitetining dekan muovini pora olayotgan vaqtda ushlandi
2017 yilning 10 iyul kuni taxminan soat 16:00 larda Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining boshlang‘ich ta'lim va jismoniy madaniyat fakultetining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Gulchiroy Abduraimova fuqaro Laziz Mahmudovning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) ishonchiga kirib, tanishi Olimjon Ahmedovni mazkur universitetga oliygohning mansabdor shaxslariga pora berish yo‘li bilan o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, buning uchun undan 7.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya'ni ancha miqdorda, o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) va 28, 211-moddasi 1-qismi (pora berishga dalolatchilik qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Oliygohga o‘qishga kirish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shuningdek, buning uchun pora bergan shaxslar ham O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilishlari belgilangan.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.
Mavzuga oid
14:48 / 17.11.2024
Farg‘onada IIB xodimiga 3000 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi
13:46 / 14.11.2024
Sirdaryoda haydovchidan pora olgan YPX xodimi qamaldi
17:40 / 12.11.2024
Andijonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi
17:35 / 11.11.2024