Tailandning Pxuket orolida 10 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:00 (Toşkent vaqti bilan 21:00)da sayyohlar bölgan avtobus töntarilib ketdi. Avtobus içida 36 yölovçi bölgan, ulardan 31 nafari xitoylik sayyohlar.
Phuket News gazetasining xabar qilişiça, ikki kişi halok bölgan va 29 nafari jabrlangan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, avtobus tormozi işdan çiqqan hamda haydovçi boşqaruvni yöqotgan, natijada avtobus töntarilib ketdi.

Ta'kidlanişiça, bu sönggi ikki haftada yuz bergan ikkinçi şunday hodisadir. 30 iyun kuni sayyohlar bölgan avtobus haydovçisi boşqaruvni yöqotib, mototsiklga kelib urilgandi. YTH oqibatida bir inson halok böldi va yana 26 nafari jarohatlandi.












